Paleontologlar AQShdagi Yuta Milliy qo‘riqxonasida qazilma ishlarini olib bordi va u yerda yangi turdagi dinozavr skeletini topdi. Tosh qotgan skeletning yoshi 76 million yilga teng va u qadimiy zirhli reptiliyaga tegishli. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Yangi turga Akaynatsefal jonsoni nomi berildi. Uning yashash joyi Shimoliy Amerika hududi bo‘lgan taxmin qilinmoqda.
Topilma shu vaqtgacha topilgan barcha zirhli dinozavrlar orasida to‘rt metrli nisbatan to‘liq skelet hisoblanadi. Olimlar unda avvalgi topilmalar bilan o‘xshash hech narsa topa olmagan, shuning uchun uni yangi tur sifatida qabul qilgan.
Izoh (0)