Kanadada biologlar juda past haroratgacha sovutilgan o‘tkir va toksik “tuzlamalar”da yashash va ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘lgan mikroblarni topdi. Bunday bakteriyalar Marsning tuprog‘i va sho‘r buloqlarida yoki Saturn oyi va Yupiterning suvlarida yashay oladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Tajribalarning ko‘rsatishicha, Mars tuprog‘ida toksik perxloratlarning mavjudligi u yerda hayot yo‘qligi haqida gapirishga asos bo‘la olmaydi. Bakteriyalar tarkibining o‘ndan bir qismi perxloratlardan iborat juda o‘tkir “tuzlamalarda” ham yashay oladi. Marsda esa ularning miqdori 10 baravar kamroqni tashkil qiladi.
Izoh (0)