Afar avstralopiteklarining bolalari asosan daraxt shoxlarida yashagan va katta bo‘lgan sari bosqichma-bosqich yerda yashashga o‘rgangan. Olimlar ularning dastlabki to‘liq skeletini ochish orqali shunday xulosaga kelgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
AQShning Dartmut kolleji olimlarning ma’lum qilishicha, uch million yil avval odamlar gulxan yoqa olmagan, uy qura olmagan yoki o‘zini biror qurol yordamida himoya qila olmagan. Ular asosan daraxtlarning shoxlarida jon saqlagan.
Ikki oyoqda yurish odamning asosiy xususiyati hisoblansa ham, bu o‘sha davrda yirtqichlarga to‘la o‘rmonlarda jon saqlashga imkon bermagan.