• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistondagi maktablarda texnologiya, muhandislik, matematika, san’at va chet tillari yo‘nalishlari kuchaytiriladi

    Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida ta’lim tizimi rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda inson resurslarini rivojlantirish poydevori bo‘lgan, yoshlarda bilim, dunyoqarash va ma’naviyat asoslarini shakllantiruvchi umumiy o‘rta ta’lim tizimini tubdan isloh qilish masalalari muhokama qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda yangi tayinlangan Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati ushbu katta tizimda yillar davomida to‘planib qolgan muammolarni qanday hal etishi yuzasidan aniq takliflarni o‘rtaga tashlashi zarurligi ta’kidlanib, muammolar ko‘lami hamda ta’lim tizimining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, taklif etilayotgan choralarni 3-4 yilda quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirish topshirig‘i berildi:

    O‘qituvchilik kasbining jamiyatdagi mavqeini oshirish, ularni ish faoliyatiga tegishli bo‘lmagan ishlarga, ya’ni obodonlashtirish, majlislarda qatnashish, obunaga jalb qilish, uyma-uy yurish va boshqa tadbirlarga umuman jalb qilmaslik, turli nazorat organlari va hokimlikka tegishli tashkilotlar tomonidan o‘qituvchilar faoliyatini tekshirish va o‘rganishlarni qat’iy cheklash.

    Shuningdek, o‘qituvchilarning haq-huquqlarini himoyalash uchun maxsus huquqiy xizmatni shakllantirish, ommaviy axborot vositalari orqali o‘qutuvchining obro‘sini oshirishga qaratilgan ijtimoiy roliklar yaratib, keng targ‘ibot ishlarini olib borish zarurligi ta’kidlandi.

    Umumta’lim maktablari direktorlari va o‘rinbosarlariga bo‘lgan talabni qayta ko‘rib chiqish, haqiqiy boshqaruvchi (menejerlik) qobiliyatiga ega bo‘lgan maktab direktorlarini tayinlash, ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ma’suliyatini keskin oshirish, zarur bo‘lsa direktorlarni sertifikatsiya qilish tizimini joriy etish, maktablarda ichki jamoaviy nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish, namunaviy maktablarni ko‘paytirish uchun maktablar reytingini ishlab chiqishga doir vazifalar belgilandi.

    Xalq ta’limi tizimida moliyalashtirish masalalari mutlaqo qoniqarsiz ahvolda ekanligi ta’kidlanib, Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovga 2019-yil uchun davlat budjetini shakllantirishda xalq ta’limi sohasiga moliyalashtirishni oshirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratish, tizimga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun Xalq ta’limi vazirligi qoshida alohida jamg‘arma tashkil etish bo‘yicha ko‘plab vazifalar qo‘yildi.

    Maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish bo‘yicha bir necha bor davlat dasturlari qabul qilinib, amalga oshirilgan bo‘lishiga qaramay, ularning 60 foizi ta’mirtalab ahvolga kelib qolganligi, buning asosiy sababi qurilish-ta’mirlash ishlariga nopok pudratchilar jalb etib kelinayotganligi tanqid qilinib, Bosh vazir o‘rinbosari A.Abduhakimovga xalq ta’limi tizimida maxsus injiniring kompaniyasini tashkil etish, moliyaviy nazoratni kuchaytirish uchun xalq ta’limi tizimida avvalgidek nazorat-taftish tizimini emas, balki xorij tajribasidan kelib chiqib, moliyaviy boshqarish tizimini joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Umumiy o‘rta ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalarini o‘quvchining har bir sinfda qaysi ko‘nikmalarga ega bo‘lishidan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqish, maktabgacha ta’lim va oliy tizimlari bilan uzviylikni ta’minlashga e’tibor berish, darsliklarni eng zamonaviy metodikalar asosida yaratish va chop etish, maktablarda texnologiya, muhandislik fanlari, matematika, san’at, chet tillari yo‘nalishlarini kuchaytirish, bu boradagi laboratoriyalarni qayta jihozlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.

    Davlat rahbari bundan buyon o‘quvchilarga nafaqat fanlardan chuqur va keng bilim berish, balki ularda ko‘proq mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam berish bo‘yicha alohida topshiriqlar berdi.

    Ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, ayniqsa, o‘quv jarayonini boshqarishning axborot tizimini joriy etish uchun o‘quvchilar, ota-onalar, o‘qituvchilar va maktablar ma’lumotlar bazalarini yaratish, ularni boshqa markazlashgan bazalarga ulash zarurligiga to‘xtalib, o‘quvchilarni birinchi sinfga qabul qilish, maktabdan maktabga ko‘chirish va boshqa xizmatlarni elektron shaklga o‘tkazish ishlari yo‘lga qo‘yilmaganligi ta’kidlandi.

    O‘qituvchilar o‘z ish kunining o‘rtacha 4 soatini hujjatlar to‘ldirish, qog‘ozbozlik bilan shug‘ullanishga sarflayotganligi keskin tanqid qilindi. Dunyoning rivojlangan davlatlarida, jumladan, Rossiyada davomat jurnali, kundalik, tabel va boshqa ta’lim sifatiga oid ma’lumotlar allaqachon elektron shaklga o‘tkazilganligi misol sifatida keltirildi.

    Bundan tashqari, o‘quvchilarni identifikatsiyalash va ularni sog‘liqni saqlash, huquq-tartibot va boshqa tizimlar bilan bog‘lash, “Xavfsiz maktab” dasturlarini joriy etish vazifalari berildi. Hozirgi kunda atigi 7 foiz maktablar optik tolali aloqa orqali Internetga ulangani, maktablarning atigi 37 foizida zamonaviy kompyuter texnikalari mavjudligi bildirilib, maktablarni yuqori tezlikdagi Internetga ulash bo‘yicha topshiriqlar belgilandi.

    Xalq ta’limi tizimini boshqarish bo‘yicha barcha darajadagi tashkiliy tuzilmani ham qayta ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlandi.

    18.07.2018, 11:30   Izoh (0)   20193
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    GM Uzbekistan mahalliylashtiriladigan butlovchi qismlar sinov laboratoriyasini ishga tushirdi

    18.07.2018, 11:15

    Alina Kabayeva xoldingiga “Perviy kanal” aksiyalarini sotib olishga ruxsat berishdi

    18.07.2018, 10:55

    Ikki kun ichida salkam 200 nafar chet ellik O‘zbekistonga elektron viza uchun ariza berdi

    18.07.2018, 10:40

    O‘zbekiston maktablarida o‘qituvchilarning 30 foizini erkaklar tashkil etadi. Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich 10 foizga teng

    18.07.2018, 10:10

    O‘zbekistonda tabiiy monopoliyalar soni 7 taga kamaydi

    18.07.2018, 09:45

    Samarqandda bojxona postidan yashirin olib o‘tilayotgan dron to‘xtatib qolindi

    18.07.2018, 09:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda dollar kursi yana 12 500 so‘mdan tushdi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 16:12

    “Yaqin oylarda Yevropa Ittifoqi bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolaymiz” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 18 avgust, 16:10

    Hamzat Chimayev UFC tarixida mag‘lubiyatsiz chempionlikka erishgan 16-jangchiga aylandi

    Sport | 18 avgust, 16:10

    Hindistonda jamoat joylarida kabutarlarga yem berish taqiqlandi

    Dunyo | 18 avgust, 16:05

    Kredit tarixini tekshirganlarning atigi 5 foizi a’lo darajadagi skoringga egaligi aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 15:50

    Olimlar inson miya hujayralarini sichqonlarga ko‘chirib o‘tkazdi

    Dunyo | 18 avgust, 15:40

    Sochi o‘ziniki emasligini yashirmaydi: Gollivud yulduzlari haqidagi ko‘pchilik bilmaydigan faktlar

    Shou-biznes | 18 avgust, 15:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.