• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaga o‘zi ishga jo‘natgan o‘zbekistonliklarning huquqlarini nega himoya qilmadi?

    Mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi joriy yilning 25-iyun – 2-iyul kunlari Namangan viloyatining Norin tumanida faoliyat olib bordi. Bir hafta mobaynida 57 mahalladagi 25650 xonadonga kirildi. Natijada 5400 dan ortiq muammo aniqlanib, ularning qariyb 60 foizi o‘rnida hal etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Ko‘p joyda bo‘lgani kabi ishsizlik Norindagi eng katta muammolardan biri. Tumanda 106 ming nafar mehnatga layoqatli aholi bo‘lib, hisobotlarda ulardan 4377 nafari ishsiz ekani qayd etilgan. Biroq qaysi xonadonga kirmang, ikki-yoki uch nafar ishsizga duch kelasiz. Demak, asl holat boshqacha. Keltirilgan rasmiy ma’lumot to‘g‘ri emas.

    Norinning iqtisodiy ko‘rsatkichlari viloyat darajasidan ancha past. “Norin paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyati tumandagi yagona yirik ishlab chiqarish korxonasi hisoblanadi. Aholining katta qismi, asosan ayollar, yollanma ishchi sifatida fermer xo‘jaliklari, xususiy yer egalari dalalarida mehnat qilib, kuniga o‘rtacha 15-20 ming so‘mdan pul oladi. Ishsizlikning eng samarali yechimi sanalgan tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy biznesga keng imkon va sharoit yaratib berish borasida ham talay muammolar mavjud.

    Masalan o‘tgan davrda tumanda 70 ta kichik biznes subyekti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, yil boshidan buyon ularning 27 tasi tugatilgan. Hisobot davridagi 6 million dollarlik eksport rejasi atigi 31 foizga bajarilgan. Tumanda yuzlab bo‘sh turgan binolar va obyektlar bo‘la turib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirganlar joy muammosiga duch kelmoqda.

    Valijon Bakirov xonadonidagi suhbat salom-alik, hol-ahvol, qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejini bitirgan o‘g‘lining ishsizligi, gaz ballon ololmayotgani, Nizomiy ko‘chasini asfaltlash haqidagi gap-so‘zlar bilan tugashi mumkin edi. Biroq bir chetda qimtinib turgan Odina opa Bakirovaning ham qandaydir dardi bordek tuyuldi bizga.

    — Buni aytishim to‘g‘rimi-yo‘qmi, bilmayman, — dedi Odina opa ohista gap boshlar ekan. — Kimningdir ustidan shikoyat qilmoqchi emasman. Lekin Prezident topshirig‘i bilan yurgan ekansizlar, davlat tashkilotiga ishonib, og‘ir kunlarni, ruhiy qiyinchiliklarni boshdan kechirganimizni bilib qo‘yishlaringiz kerak, deb o‘ylayman.

    U “hozir”, dedi-da ichkariga kirib, bir dasta qog‘oz ko‘tarib chiqdi: shartnomalar, sertifikatlar, yo‘llanmalar, tibbiy ma’lumotnomalar, sug‘urta polyusi, kvitansiyalar, temir yo‘l chiptalari... Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga taalluqli bu hujjatlarga ko‘z yugurtirib, opa bilan bafurja gaplashish kerakligini tushundik. Kechga tomon Norin tumani hokimligi binosida joylashgan 5-ishchi guruh shtabida uchrashdik.

    — Namangan viloyat Bandlik va mehnat munosabatlari boshqarmasi tavsiyasiga ko‘ra 2017-yilda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qildim, — deydi Odina Bakirova. — O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi bitimga muvofiq bizga Sankt-Peterburg shahrida joylashgan “Grifon Personal” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ish taklif qilindi. MChJ bosh direktori Tatyana Xarlamova boshchiligidagi mutaxassislar barchamizni imtihondan o‘tkazdi. Ko‘zda tutilgan to‘lovlarni to‘ladik. Tibbiy tekshiruvlardan o‘tdik. Qisqa muddatli bo‘lsa-da, o‘qitishdi.

    “Grifon Personal” bosh direktori T. Xarlamova bilan imzolangan shartnomaga ko‘ra Odinaxon Bahriddinova tikuvchi vazifasiga ishga olingan. U ish joyiga, ya’ni Barnaul shahri, Kulagina ko‘chasi, 8-uyda joylashgan fabrikaga 2017-yilning 1-avgust kuni yetib borishi kerak edi. Shartnomaning 5-bandida, tarif stavkasiga muvofiq, ishchiga soatiga 125 rubl haq to‘lanishi shuningdek, o‘rnatilgan tartibda mukofot pullari berilishi nazarda tutilgan. Qat’iy o‘n bir soatlik ish kuni belgilangan va ishchi haftaning shanba-yakshanba kunlari dam olish huquqiga ega ekani qayd etilgan.

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi ishga jalb qilish bo‘yicha tarqatgan e’lonida talbgorlar temir yo‘l chiptalarini imtiyozli narxlarda sotib olishlari mumkinligi aytilgan bo‘lsa-da, Odina Bakirova Toshkent—Barnaul poyezdiga chiptani 770 164 so‘mga, to‘liq narxda sotib olib, 2017-yilning 14-iyul kuni yo‘lga chiqadi va 17-iyul kuni ish joyiga yetib boradi.

    — Ketishimizdan avval bizga Rossiyadagi yashash joyimizning video tasvirlarini ko‘rsatishdi. To‘rt kishilik shinam xona, barcha qulayliklarga ega hammom, oshxonani ko‘rib, ochig‘i quvonib ketdim, — deydi Odina opa. — 800-1000 dollar atrofida oylik beramiz, kuniga o‘n bir soat ishlab, shanba-yakshanba kunlari dam olasizlar, ish joyingizga avtobusda eltib qo‘yamiz, deyishdi. Hech bo‘lmasa 500 dollardan berishsa ham bir oyda olgan qarzimdan qutulaman, deb o‘yladim. Ammo yetib borganimizdan keyin bizga va’da qilingan narsalarning barchasi yolg‘on ekani oydinlashdi.

    Bizni tashlandiq bir bolalar bog‘chasiga joylashtirishdi. Ochig‘i, Norindayam bunaqa xarob joy bo‘lmasa kerak. Eshik-derazasi yo‘q, suvoqlari ko‘chib ketgan, tomidan chakka o‘taverib shiftlari mog‘orlagan binoga 62 nafar kishi kirdigu videoda ko‘rganlarimiz sarob ekanini tushundik. Ayni yozning chillasida ketgan bo‘lsak-da, Barnaul ancha salqin joy ekan. Ustiga-ustak, kun ora yomg‘ir yog‘adi. Ish boshlagunimizcha bir oy vaqt o‘tdi. Yashash joyimizni o‘zimiz bir amallab epaqaga keltirdik. Namanganda, Toshkentda, Barnaulda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan edik. Hamma ma’lumotnomalarda “Sog‘lom”deb xulosa berishgan. Biroq zax yerda yotaverib, ish boshlanmasidan ko‘pchilik kasal bo‘lib qoldi.

    Bular hali holva ekan, asosiy qiyinchiliklar keyin boshlandi. Shartnomada 11 soatlik — 7:00 dan 20:00 gacha ish vaqti ko‘rsatilganiga qaramay, kech soat 23:00 gacha ishladik. “Normani bajara olmayapsizlar”, deb shanba-yakshanba kunlari ham dam berishmadi. Soat 13:00 dan 14:00 gacha tushlik. O‘zingiz o‘ylang, odam 6 soat och-nahor ishashi mumkinmi?

    Odina opa bergan telefon raqamlari orqali u bilan birga ishlagan boshqa yurtdoshlarni ham topib, ular bilan ham suhbatlashdik.

    Oltinoy Karimova Andijon viloyati, Andijon tumani, “To‘qqizbog‘” MFY, Hakan qishlog‘ida istiqomat qiladi. 1978-yilda tug‘ilgan. Oilali, ikki nafar farzandi bor:

    — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligidan Jasur degan yigit, familiyasi esimda yo‘q, bizga bosh bo‘lib borgan edi. Sharoitni bildi, to‘g‘irlaymiz, dedi, lekin hech narsa o‘zgarmadi. Uning o‘zini qaytib ko‘rmadik ham. Yotoq joyimiz bilan fabrika orasi ikki kilometrlik yo‘l. Har kuni yayov borib-kelamiz. Kechki 23:00 da ishxonadan chiqsak, yetib kelgunimizcha bir soat vaqt o‘tadi. 62 kishiga bitta gaz plitasi. Ovqat qilishimiz kerak. Urush-janjalni tasavvur qilavering endi. Ertalab 7:00 da yetib borishimiz uchun yana vaqtli turishimiz kerak. Yarim kechasi, och-nahor kelgan bo‘lsak, yana ishga o‘z vaqtida yetib borish uchun barvaqt turishimiz lozim bo‘lsa, qachon dam olamiz?

    Ish boshlaganimizga bir oy bo‘lmasidan o‘n kishini malakalaring talabga javob bermaydi, deb ishdan bo‘shatib yuborishdi. Vaholanki, hammamiz imtihondan o‘tib borgan edik.

    Davlat buyurtmasi asosida uniformalar tikkanmiz. Biz bilan ishlaydigan mahalliy ayollar ikki kun ishlab, ikki kun dam olardi. Ortiq tiksak tikdikki, ulardan kam mahsulot tikkanimiz yo‘q. Lekin korxona ma’muriyati bizni normani bajarolmaslikda ayblagani ayblagan edi.

    Siroj Jo‘raqulov– Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, Hamid Olimjon MFY, Toqichilik qishlog‘ida yashaydi. 1995-yilda tug‘ilgan. Tumandagi iqtisodiyot kasb-hunar kollejini bitirgan:

    —Shartnomada bizni shogird (uchenik) deb ko‘rsatishgan. Uch oylik sinov davrida sharoitga ko‘nikishimiz, ish o‘rganishimiz lozim edi. Biz sharoitga ko‘nikish o‘rniga o‘zimiz uchun sharoit yaratish bilan shug‘ullandik. Korxona dastlabki kundan bizga “master” talabini qo‘ydi. Norma kundan-kunga oshirilaverdi. Biz bilan borgan hamyurtlarimiz orasida yoshi katta ayollar ham bor edi. Ayniqsa, ular juda qiynaldi. Charchoq, uyqusizlik, to‘yib ovqatlanmaslik hammamizni holdan toydirdi. Qirq ikki kun ishladik. Turli bahonalar bilan 7 ming rubl atrofida pul berishdi, xolos. Ko‘pchilik ish joyini tashlab chiqib ketdi. Biz O‘zbekistonga qaytdik.

    Qarz olib ketgan edim, qarz olib qaytib keldim. Ota-onamning, qishloqdoshlarimning oldida uyatdan boshim ham.

    Adiba Mansurova, Sirojning onasi, 2-guruh nogironi:

    — O‘g‘lim davlat tomonidan ishga yuborilyapti-ku, deb xotirjam bo‘libman. Hayotimiz yaxshi tomonga o‘zgaradi, deb ishonibman. Shuning uchun ikkilanmay 3 million so‘m qarz ko‘targandik. U esa yana qarzga botib, zo‘rg‘a qaytib keldi. Topganimiz qarz to‘lashga ketyapti. Ularni ishga jo‘natganlardan birortasi nega qaytib kelding, u yoqda holing nima kechdi, deb so‘ramadi.

    P/S: Odina Bakirova: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining www.migration.uz rasmiy saytida Rossiya federatsiyasining Rostov, Tula, Kursk viloyatlaridagi tikuvchilik korxonalariga ishga jo‘natish bo‘yicha e’lon joylashtirilgan. O‘sha, bizga va’da qilingan 20 ming rubldan 40 ming rublgacha ish haqi, 11 soatlik ish kuni va boshqa ijtimoiy paketlar haqidagi ma’lumotlarni o‘qib, va’dalari yana yolg‘on bo‘lib chiqmasin-da, ayol boshi bilan musofirlikni bo‘yniga olgan opa-singillarimning haq-huquqlari paymol bo‘lmasinda, deyman.

     

     

    17.07.2018, 18:13   Izoh (0)   25993
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahrida o‘tkaziladigan festivallarni “Chilla Fest-2018” boshlab beradi

    17.07.2018, 17:45

    Senator Farruh Dadaxo‘jayev: Hukumat “Avtotest” masalasida sukut saqlamoqda

    17.07.2018, 17:31

    O‘zbekistonda 13 ta tuman va shahar IIB boshlig‘i o‘zgardi

    17.07.2018, 17:16

    Samarqanddagi qator tibbiyot muassasalari rahbarlari vazifasidan ozod etildi

    17.07.2018, 16:48

    Jizzaxda mast erkak kabob sixi bilan o‘ldirildi

    17.07.2018, 16:15

    O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda 427 ta xususiy ta’lim muassasasiga litsenziya berildi

    17.07.2018, 16:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Budapeshtga yetib bordi (foto)

    O‘zbekiston | 20 may, 00:04

    Toshkentda 1,6 mlrd so‘mlik “svet”ni talon-taroj qilgan boshqaruv servis kompaniyasi aniqlandi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:45

    “Rossiya va Ukraina darhol o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishni boshlaydi” — Tramp

    Dunyo | 19 may, 23:25

    Toksikomaniya nimasi bilan xavfli: nega aynan bolalar va o‘smirlar uning tuzog‘iga ilinmoqda? (video)

    O‘zbekiston | 19 may, 23:20

    O‘zbekistonda eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 19-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 may, 22:55

    Putin va Tramp telefon orqali suhbatlashdi. Muloqot ikki soatdan ortiq davom etdi

    Dunyo | 19 may, 22:46

    Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 19 may, 22:40

    Kambag‘allarga ko‘mak beradi, ammo orzusiga yeta olmaydi: 70 yoshli aktyor Chou Yunfat hozirda qanday ko‘rinishda?

    Kino | 19 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.