Jizzax viloyatining Paxtakor tumanidagi dehqon bozorida 15-iyul kuni yuz bergan mojaro o‘lim bilan yakunlandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bosharmasi xabar berdi.
Jizzax shahrida yashovchi D. Yu. bozor ichidagi oshxonada o‘zaro janjal tufayli mast holda bo‘lgan O.R.ning ko‘krak qismiga kabob sixini sanchib, jarohat yetkazdi.
O.R. kasalxonaga yotqizildi, biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, hayotdan ko‘z yumdi. D.Yu. qo‘lga olingan.
Izoh (0)