Buxoro viloyatining Romitan tumani IIBga joriy yil 10-iyul kuni yirik miqdordagi o‘g‘irlik yuzasidan murojaat kelib tushdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, 9-iyul kuni noma’lum shaxs B.B.ning uyiga ochiq qolgan eshik orqali kirib, u yerdan 7750 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni “Bog‘isayidon” MFYda yashovchi N.D. ismli ayol sodir etganligi aniqlandi. O‘g‘ri ayol qo‘lga olindi.
Izoh (0)