Iyun oyida o‘zbekistonliklar tarixda ilk bor rekord qiymatdagi dollar sotib oldi. Bu haqda Markaziy bank maʼlum qildi.

Joriy yil aprelda aholining banklarga dollar sotishi, may oyidan AQSH valyutasini sotib olishi rekord darajada orta boshladi.
Iyun oyida tarixda birinchi marta fuqarolar banklardan 1 milliard dollardan ziyod (1,1 milliard dollar) xorijiy valyuta xarid qildi. Taqqoslash uchun, 2024-yil iyunida 697 million dollar sotib olingan.
Joriy yil iyunda banklar aholidan 1,7 milliard dollardan ko‘proq valyuta sotib olgan. Oyma-oy taqqoslanganda bu ko‘rsatkich avval qayd etilmagan. Masalan, o‘tgan yil mos davrida aholi tomonidan banklardan 1,3 milliard dollar xaridi amalga oshirilgan.
Umumiy raqamlarga ko‘ra, joriy yil I yarmida aholi 9 milliard AQSH dollari sotib, 5,3 milliard dollar sotib olgan. 2024-yil mos davrida sotuv hajmi 7,1 milliard dollarni, xarid ko‘rsatkichi 4,5 milliard dollarni tashkil etgan.
Izoh (0)