• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Vladimir Norov: Dunyo hamjamiyati O‘zbekistonni tan olmoqda

    Siyosatchi Vladimir Norovning aytishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida rezolyutsiyaning qabul qilinishi O‘zbekistonning yangi mintaqaviy siyosati xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinganini va qo‘llab-quvvatlanganini bildiradi, deb yozadi Sputnik.

    Foto: Sputnik

    Foto: Sputnik

    “Joriy yilning 22-iyunida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan birinchi marta qabul qilingan maxsus ‘Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotini ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash’ rezolyutsiyasi bu shubhasiz, Markaziy Osiyo uchun tarixiy ahamiyatga ega voqea bo‘ldi”, — deb ta’kidladi O‘zbеkiston Prеzidеnti huzuridagi stratеgik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov.

    Siyosatchining aytishicha, ushbu rezolyutsiyaning qabul qilinishi O‘zbekistonning yangi mintaqaviy siyosati xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinganini va qo‘llab quvvatlanganini bildiradi.

    Ushbu tarixiy hujjatning loyihasi O‘zbekiston tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, 55 ta davlat mazkur rezolyutsiyaning hammualliflari bo‘lishdi.

    Ushbu tashabbus O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 2017-yilning sentabr oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan 72-sessiyasida ilgari surilgan edi.

    Norovning fikricha, mintaqa davlatlarining barqaror rivojlanishi va xavfsizligi bilan bog‘liq ko‘plab savollarning yechimi bevosita Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar darajasi va mintaqaviy hamkorlik samaradorligiga bog‘liq.

    “Shu maqsadda O‘zbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan barcha davlatlar bilan o‘zaro manfaatli va hurmatga asoslangan munosabatlarni rivojlantirish uchun qat’iy va aniq qadamlarni qo‘ymoqda. O‘zbekistonning mintaqa bo‘yicha yangi siyosati bu yerda mavjud va yig‘ilib qolgan masalalarni yechishda o‘z vaqtida va samarali javob bo‘ldi. Bunda mintaqaviy yaqinlik, ishonch va o‘zaro tushunish, muammoli masalalar oqilona kelishuvlar asosida hal etish muhim rol o‘ynamoqda”, — dedi siyosatchi.

    Norovga ko‘ra, bugungi kunda Markaziy Osiyoda ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama barqaror va samarali hamkorlikni amalga oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar mavjud.

    Yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishni hamkorlikda yanada rivojlantirish, agrosanoat sektori va turizm sohasini takomillashtirish, iqtisodiyotning real sektoriga yirik xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun ulkan salohiyat mavjud.“Albatta, barchamiz yo‘lning boshida turganimizni anglab yetmoqdamiz, Markaziy Osiyoning xavfsizligi va umumiy farovonligini ta’minlashda oldinda birgalikda katta ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Bu borada ‘erishilgan marralarda to‘xtab qolmaslik’, hamkorlikda oldinga harakat ilish muhimdir”, — dedi Norov.

    Siyosatchining fikricha, siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni ochiqlik, inklyuziv, o‘zaro manfaatli va ishonch ruhida rivojlantirish kerak.

    Xususan, transport-kommunikatsiya sohasida o‘zaro bog‘liqlikning yangi nuqtalarini izlashga qaratish, mamlakatlarni rivojlantirish strategiyalarining o‘zaro “kesishish”i uchun harakat qilish masalalariga e’tibor qaratish lozim.

    “Fikrimizcha, ushbu yo‘nalishda, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rta va uzoq istiqbol uchun mintaqaviy xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash sohasida aniq maqsad va vazifalarni, shuningdek, ularga erishish yo‘llarini o‘z ichiga olgan umumiy strategik ahamiyatga ega konsepsiyani ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir”, — dedi diplomat va Markaziy Osiyo mintaqasining gullab-yashnashi Yevroosiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlik mustahkam o‘rnatilishida katta ahamiyatga egaligini qo‘shimcha qildi.

    13.07.2018, 09:43   Izoh (0)   21340
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sherzod Shermatov: Xalq ta’limi vazirligi tizimi xodimlarining oylik maoshlarini bir necha foiz emas, balki bir necha barobar oshirish zarur!

    13.07.2018, 09:05

    O‘zbekiston IIVda ikki boshqarma va bir institut rahbari o‘zgardi

    13.07.2018, 08:47

    G‘ofur Rahimov O‘zbekiston IIV qidiruvidagi shaxslar ro‘yxatidan o‘chirildi

    13.07.2018, 08:32

    O‘zbekistonda Yagona investitsiya portali yaratiladi

    13.07.2018, 08:11

    Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi

    13.07.2018, 07:45

    Toshkentning Mirobod tumanidagi go‘zallik saloni yonib ketdi

    13.07.2018, 07:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    Dunyo | 16 avgust, 21:27

    Superliga. “Neftchi” “Navbahor”dan, “Dinamo” “OKMK”dan ustun keldi

    Sport | 16 avgust, 21:26

    “Bembi: o‘rmon dahshati”. 2025-yil yozida premyerasi bo‘lgan trillerlar

    Kino | 16 avgust, 20:59

    “Yaponiya kelajak sari yurish uchun o‘tmish bilan yuzlashishi shart” — Janubiy Koreya prezidenti

    Dunyo | 16 avgust, 20:47

    “Men prezident ekanman Xitoy Tayvanga hujum qilmaydi” — Tramp

    Dunyo | 16 avgust, 19:54

    “Nottingem Forest” “Manchester Siti” himoyachisi uchun 25+5 mln yevro taklif qildi

    Sport | 16 avgust, 19:52

    “Afrika kichik emas!” — Afrika ittifoqi xarita proyeksiyasini o‘zgartirishni talab qilmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 19:44

    “Tramp savdo munosabatlarimiz haqida yolg‘on gapirmoqda” — Braziliya prezidenti

    Dunyo | 16 avgust, 18:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.