O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ishbilarmon, Xalqaro boks federatsiyasi — AIBA prezidenti vazifasini bajarayotgan G‘ofur Rahimovni qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatidan olib tashladi. Bu haqda “Kun.uz” manbasi xabar bermoqda.
G‘ofur Rahimov va uning turmush o‘rtog‘i shu yilning 15-iyun kuni qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatida qayd etilgandi.
Ichki ishlar vazirligi rasmiy saytining yangilangan ma’lumotida 1951-yilning 22-iyulida tavallud topgan G‘ofur-Arslonbek Ahmedovich Rahimov va uning turmush o‘rtog‘i, 1967-yil 24-iyunda tug‘ilgan Lola Rahimova qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatidan topilmadi.
Avvalroq G‘ofur Rahimov hech qachon uyushgan jinoyatchilikka aloqador bo‘lmagani haqida bayonot bergandi.
Ma’lumot uchun, G‘ofur Rahimovga “vazifasini bajaruvchi” tamg‘asidan qutilish imkonini beradigan AIBA prezidenti saylovi joriy yil noyabr oyida Moskvada o‘tkazilishi kutilmoqda.
Izoh (0)