Amerikaning New York Magazine jurnalida prezident Donald Tramp 1987-yilda Moskvaga tashrifi chog‘ida sobiq ittifoq maxsus xizmatlariga jalb etilishi mumkin edi, deb xabar beradi Tengrinews.
Jurnalistlarning qayd etishicha, Trampning siyosatdagi faoliyati uning 1987-yildagi Moskvaga tashrifidan so‘ng boshlangan. Tramp Moskvada mehmonxona qurish masalasini muhokama qilgan. Bir yil avval u Nyu-Yorkda sobiq ittifoq elchisi Yuriy Dubinin bilan ham uchrashgan edi.
Garchi muzokaralardan so‘ng mehmonxona qurilmagan bo‘lsa-da, “Tramp sobiq ittifoqdan siyosiy qarashlar bilan qaytgan”.
Maqola muallifining yozishicha, Trampning 1987—2013-yillardagi tashrifidan so‘ng Rossiyada unga qarshi dalillar bo‘lishi mumkin.
“Shuning uchun ham Tramp o‘z soliq deklaratsiyasini e’lon qilishni istamaydi. U yerda Rossiya pullari haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)