Yangi qonunga ko‘ra, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat xavfsizlik kengashini butun umr boshqarishi mumkin bo‘ldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Qozog‘iston respublikasining birinchi prezidenti — Elboshiga (millat yetakchisi, Nazarboyev) mamlakat xavfsizlik kengashiga umrbod raislik qilish huquqi berildi”, — deyiladi qonunda.
Qayd etilishicha, endilikda Qozog‘iston xavfsizlik kengashi qarorlari ijro etilishi majburiydir.
Izoh (0)