Buyuk Britaniya Brexit’dan keyin erkin harakatlanish prinsiplaridan voz kechadi, Birlashgan Qirollikka Yevropa Ittifoqidan faqat yoshlar, talabalar va sayyohlar to‘siqsiz kirishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumatining Yevropa Ittifoqi bilan muzokarlaridagi strategiyasida gapirilgan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
E’lon qilingan strategiyada aytilishicha, kelajakda hukumat va parlament migratsion siyosat va uning qo‘llanilish amaliyotini aniqlab oladi. Britaniya Ittifoqni tark etishi bilan harakatlanish erkinligi o‘z nihoyasiga yetadi. Migratsiya to‘g‘risidagi qonun Buyuk Britaniyaga bo‘lajak migratsiya tizimini shakllantirishga imkon beradi.
Qayd etilishicha, yangi migratsion tizimning tuzilishi bo‘yicha takliflar maxsus qo‘mita tomonidan yaratiladi va 2018-yilning sentabr oyida taqdim etiladi.
Izoh (0)