FIFA tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi so‘rovnomada Xorvatiya terma jamoasi a’zosi Ivan Perishich JCh—2018 yarim finalida Angliyaga qarshi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi.
Ivan Perishich uchrashuvning 68-daqiqasida Xorvatiyaning hisobni tenglashtiruvchi goliga mualliflik qildi. Xorvatlar qo‘shimcha bo‘limlarning ikkinchisida Mario Manjukichning kiritgan goli sabab, Angliyani 2:1 hisobida yengib, finalga chiqdi.
Jahon Chempionati g‘olibligi uchun finalda Fransiya va Xorvatiya terma jamoalari kurash olib boradi.
Izoh (0)