Yaponiyada jala tufayli sodir bo‘lgan suv toshqinlari qurbonlari soni 176 taga yetdi. Bu haqda Associated Press’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Bedarak yo‘qolgan o‘nlab kishilarni qidirish ishlari davom etmoqda. Qidiruv ishlariga o‘n minglab qutqaruvchilar va ko‘ngillilar jalb qilingan.
Hukumat vakillari yaqin orada bosh vazir Sindzo Abening suv toshqinidan eng ko‘p zarar ko‘rgan Kurasaki shahriga tashrif buyurishi haqida ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta oxirida Yaponiyaning markaziy va janubi-g‘arbiy qismida jala yog‘gan. Natijada yer ko‘chishi va suv toshqinlari sodir bo‘lgan. Tabiiy ofatdan Xirosima prefekturasi eng ko‘p jabr ko‘rgan. 8-iyul, yakshanba kuni suv toshqinlari qurbonlari soni 80 kishidan oshgan. 10-iyul kuni halok bo‘lganlar 140 kishini tashkil qilgani xabar qilingan, so‘ng kunning ikkinchi yarmida qurbonlar soni 157 taga yetgan.
Izoh (0)