Amerikaning avtomobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi Pekin tomonidan AQShdan import qilinadigan tovarlarga javob bojlari kiritilganidan keyin Xitoyda mashinalar narxini keskin oshirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Shunday qilib, Model 5 sedani va Model X krossoverining Xitoydagi narxi qismlariga bog‘liq ravishda 22,6—37,6 ming dollarga ko‘tarilgan.
Hozircha Tesla Xitoyda ishlab chiqarish quvvatlariga ega emas. Kompaniya avvalroq Shanxay erkin iqtisodiy zonasida zavod qurish rejalari haqida ma’lum qilgan.
2017-yilda Tesla daromadining 17 foizi Xitoydan kelgan, kompaniya 15 mingta avtomobil sotgan.
Izoh (0)