• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent viloyati bosh imom-xatibi: FHDYoda ishlaydigan xodimning o‘zi oilaviy ibrat ko‘rsatgan shaxs bo‘lishi kerak

    Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasi “O‘zbekistonda demografik jarayonlar: fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishdagi muammolar va yechim” mavzusiga bag‘ishlandi.

    Foto: YouTube

    Foto: YouTube

    Sessiyada FHDYo organlarining oldida turgan vazifalar, vakolatlar, muammo va kamchiliklar haqida qizg‘in bahs yuritildi.

    Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla Turmatovning fikricha, yoshlar oilaviy hayotni boshlaydigan FHDYo organlari xodimlarining o‘zlari oilaviy namuna ko‘rsata olishi kerak.

    Dinimizda shunday bir qoida bor: Nimaiki ishning boshi yaxshilik bilan boshlansa, uning yakuni ham yaxshilik bilan tugaydi.

    Shunga ko‘ra, yoshlarimiz qiz uyoqdan keladi, yigit buyoqdan keladi, ikkovini dastlabki, mustaqil oilaviy hayotga qadam qo‘yishi FHDYo mudirasining oldidan boshlanadi. Chunki, shariy nikohni biz ana shu FHDYo guvohnomasini olganimizdan keyingina o‘qiymiz. Demak, yoshlarning oilaviy hayotning birinchi qadami FHDYo mudirasi oldida boshlanayotgan ekan, u shaxsga juda ko‘p narsa bog‘liq.

    Birinchi navbatda odob-axloq. Payg‘ambarimiz shunday deganlar: “Har bir dinning xulqi bor. Islomning xulqi bu — hayo. To‘g‘ri, biz demokratik-dunyoviy mamlakatda yashayapmiz. FHDYo organlarida turli dinga mansub fuqarolarning nikohlari qayd etiladi. Lekin baribir, shu yerda xizmat qilayotgan insonning birlamchi fazilati hisoblanishi kerak.

    Men viloyat bosh imom-xatibi sifatida ko‘p joylarda muloqotda bo‘laman. Meni kechiradilar, lekin kamchilikning bittasi ham ko‘p-da! Mana shu oilani qayd qiladigan, fuqarolik holatlari masalalarini qayd qiladigan inson, vakila, birinchi navbatda shaxsan oilaviy namuna ko‘rsata oladigan inson bo‘lishi kerak. To‘g‘ri, insonning hayotida har xil holatlar bo‘ladi. Masalan, u ham inson unda ham ajrim bor, bola tarbiyasi bor, lekin baribir oilaviy namuna ko‘rsata olgan shaxsdan ilk qadam bosib kelgan yigit va qiz nimadir oladi. Chunki yoshlar hayajonda, ilk mustaqil hayotining dastlabki qadamlarini bosib kelmoqda. Shunday vaziyatda u nimadir olishga harakat qiladi. Shuning uchun, men iltimos qilardimki kadrlar masalasini ko‘rib chiqayotganda, uning qanchalik darajada oilaviy namuna ko‘rsata olishini ham e’tiborga olish zarur.

    Yana bir masalaga e’tibor qaratishni istardim, mustaqillikdan keyin 27 yil ichida tug‘ilgan qanchadan qancha bolalarning ismlarini o‘zgartirib beryapmiz. Masalan, odamlar o‘qiyapti, o‘rganyapti, ma’naviyat yuksalyapti. Shunday ekan, farzandimning ismini noto‘g‘ri  qo‘yib qo‘yibman, uning ma’nosi yoki imlosida xatolik bor ekan, shuning uchun duo qilib qo‘ying, ismini o‘zgartirmoqchiman, deb murojaat qilayotganlar ko‘p bo‘lyapti. Shuning uchun ismlarni qo‘yishda uning ma’nosi, to‘g‘ri yozilishiga ham alohida e’tibor qaratish zarur.

    Oddiy kasbda mehnat qiladigan xodimni 2—3 oy malaka oshirishga yuboramiz. Oila qurish ostonasida turgan yigitlar bilan bir marta 40 daqiqalik suhbat o‘tkazganimizdan so‘ng ular oila qurmoqda. Bir umr davom etadigan oilaviy hayot haqidagi bilimlarni biz ularga 40 daqiqa ichida singdirolmaymiz-ku! Mana shu holat oqibatida oilalar buzilishi, ajrimlar va hokazo muammolar kelib chiqmoqda. Shuning uchun mening taklifim, to‘ydan oldin FHDYoga ariza berilganidan so‘ng bir oy mobaynida, hech bo‘lmaganida ikki hafta yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlaylik, hamma mutaxassislar buning uchun birikaylik. Ertangi kunda bolasi tug‘ilganidan keyin ajrim, aliment muammosi ustida bosh qotirgandan ko‘ra, o‘n besh kun buyoqda qoyillatib o‘qitib, tushuncha berib qo‘ysak, balki o‘sha noxush holatlarning ancha kamayishiga erisharmidik?

    Xalqimizning huquqiy ongi, madaniyatini oshirish uchun hali ancha ishlarni amalga oshirish kerak. Sababi, to‘yni belgilab qo‘yyapti, FHDYoga borish muddati 30 kun. To‘yxonani belgilaydi, artistlarni chaqirib qo‘yadi, hamma narsani tayyorlab domlani oldiga keladi, u esa FHDYo qog‘ozini ko‘rmaguncha nikoh o‘qimaydi. Domla “men nikoh o‘qiy olmayman, diniy idoradan ruxsat yo‘q” deb javob bersa, bu to‘yni to‘xtatadimi? Yo‘q, borib bitta chala mullani topib, u “Tegasanmi, olasanmi, Olloh-u akbar!” deb, nikohni o‘qib yuboradi. Buyoqda keyin masjidning rasmiy imomlari tana-dashnomga qolib ketadi.

    Xayrulla Turmatov, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi

    06.07.2018, 16:49   Izoh (0)   29041
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandlik ayol o‘zini va bolalarini pichoqladi. Ikki qiz halok bo‘ldi, ayol omon qoldi

    06.07.2018, 16:41

    “O‘zbekkonsert” to‘y o‘tkazuvchi san’atkorlarning xizmat haqini belgiladi

    06.07.2018, 16:22

    Samarqandda besh yulduzli mehmonxona quriladi

    06.07.2018, 15:53

    Shavkat Mirziyoyev Ostonada Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi

    06.07.2018, 15:50

    DTM O‘zbekistonda test sinovlarini o‘tkazishning yakuniy mexanizmlarini 15-iyuldan so‘ng e’lon qiladi

    06.07.2018, 15:39

    Eski elektr hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish uchun iste’molchi haq to‘lamasligi belgilab qo‘yildi

    06.07.2018, 14:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.