O‘zbekistonlik hujumchi Igor Sergeyev yana “Paxtakor”ga qaytdi, deb xabar beradi klub matbuot xizmati.
“Paxtakor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanuvchi Igor Sergeyev qisqa muddatli tanaffusdan so‘ng yana o‘zining jonajon klubi safiga qaytdi.
Bugun, 6-iyul kuni u “Paxtakor” bilan 2018-yil so‘nggiga qadar shartnoma imzoladi. Igor hozirga qadar “sherlar” bilan uch marta O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritib, bir marta chempionat to‘purariga ham aylangan. Hammasi bo‘lib jamoa uchun 121 ta o‘yinda maydonga tushib, 64 ta gol urgan.
25 yoshli Sergeyev poytaxt jamoasiga qaytgunga qadar BAAning “Ad-Dafra” klubi tarkibida 10 o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urishga erishgandi.
Izoh (0)