• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Rossiyalik sport sharhlovchilari: “Ravshan Ermatov finalda hakamlik qilishi kerak”

    Daryo.uz sharhlovchisi Baxtiyor Nasimovning rossiyalik sport sharhlovchilari Aleksandr Yelagin va Denis Kazanskiy bilan UzReport-TV telestudiyasidagi eksklyuziv uchrashuvi.

    So‘nggi vaqtlarda futbol sharhlovchilarining ishi qanchalik qiyinlashdi?

    Aleksandr Yelagin: Tabiiyki futbol tezlashdi. Taktik yangiliklar ko‘paydi va trenerlarning taktik fikrlash rivojini kuzatib borish zarur. Uchta himoyachi, to‘rtta himoyachi, beshta himoyachi bilan o‘ynashlari mumkin. Shu bilan birga o‘yin davomida jamoa o‘yinida taktik o‘zgarishlar bir necha marta yuz berishi mumkin. Barcha taktik o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish ham kerak.

    Futbol o‘zgardi, muxlislar o‘zgardi, demakki, sharhlovchi ham o‘zgarishi, futbol bilan birga qadam-baqadam o‘sishi talab etiladi. O‘zimdan kelib chiqib ayta olamanki, har bir o‘yin tomoshabin oldidagi misoli bir imtihon.

    Foto: “Daryo” / Sergey Kim

    Foto: “Daryo” / Sergey Kim

    Denis Kazanskiy: Hamma gap axborot maydonida nimalar bo‘layotganida. Men hozir kelaturib Braziliya terma jamoasi treneri Tite haqida kattagina materialni o‘qidim, unda aytilishicha, u bolaligida futbol o‘yinlari to‘g‘risidagi reportajlarni radio orqali tinglagan ekan. Endi hamma narsa o‘zgardi: koptoklar, poyabzal, maydonlar, stadionlar. Shu jumladan televideniye ham. Vaqt o‘zgardi. Ijtimoiy tarmoqlar, saytlar, telekanallar paydo bo‘ldi va futbol o‘yinini ko‘rishning imkoni bo‘lmagan joyning o‘zi qolmadi.

    Hayot o‘zgarmoqda. Axir 60-yillardagi avtomobillarni XXI asr mashinalari bilan solishtirib bo‘ladimi? U paytlardagi samolyotlar qanaqa edi-yu, hozirgilari qanday. Eski maktab sharhlovchilariga yangi an’analarga moslashish qiyin ekanligini ko‘rib turibman. Ishonchim komil, o‘n yildan keyin bizga yanada qiyin bo‘ladi. Chunki hamkasbim Yelagin aytganidek, ko‘p narsa taktikaga bog‘liq.

    Tomoshabinlar sizni ko‘pincha nimalarda ayblashadi?

     Aleksandr Yelagin: Har bir tomoshabinning o‘z qahramoni bor. Kimgadir emotsional sharhlash tarzi yoqsa, kimdir buni yoqtirmaydi.

    Denis Kazanskiy: Eng ko‘p uchraydigan ayblov – bu mening «Spartak», SSKA, “Manchester Yunayted”ning muxlisi ekanligim yoki aksincha. Lekin biror bir aniq narsada ayblashmaydi. Hamkasblarning fikri anchagina muhim. Agar biror bir narsa ko‘ngildagidek chiqmasa, yoki qandaydir g‘alizlik bo‘lsa, Yuriy Lozanov shartta aytib qo‘ya qoladi. Va sen buni tuzatishga harakat qilasan.

    O‘yinga tayyorgarlik ko‘rishga qancha vaqtingiz ketadi?

    Aleksandr Yelagin: Futbolchilar va trenerlar hayotida nimalar ro‘y berayotganligidan xabardor bo‘lish zarur. Sportning ichida bo‘lmog‘imiz darkor. Mana aytaylik, Vladimir Maslachenko o‘yinga deyarli tayyorgarlik ko‘rmas edi. Nima uchun? Chunki u musiqachi notani o‘qigani singari o‘yinni ham o‘qir edi. Uning uchun o‘yin xuddi ochiq kitob kabi edi.

    Denis Kazanskiy: Sharhlovchilar mavzuga boshlari bilan sho‘ng‘ishlari kerak va o‘zgarishlarga tez javob qaytarishlari lozim. Hozir eski usullar bilan ishlab bo‘lmaydi. Kommentatorning avvaldan tayyorlab qo‘ygan materiallari 20-30 foiz ishlatiladi. Shunaqasi ham bo‘ladiki, 120 daqiqa davomida o‘yinda deyarli hech narsa ro‘y bermaydi, biroq sharhlovchi shu vaqt ichida tomoshabinlarni zeriktirmasdan sharhlashni davom ettirishiga to‘g‘ri keladi.

    UzReport-TV FIFAdan Rossiyadagi Jahon Chempionati o‘yinlarini translyatsiya qilish huquqini sotib oldi. Biroq hamma ham buni ijobiy qabul qilmadi.

    Aleksandr Yelagin: O‘zbek muxlislariga qilingan bunday hadya uchun UzReport-TV’ga minnatdorchilik bildirish kerak deb hisoblayman. Ingliz premer-ligasi, Yevropa kubogi, 2016-yilgi Yevropa chempionati, 2018-yilgi Jahon Chempionati. Bundan yaxshi bo‘lishi mumkinmi? Tanqidchilar va norozilarga keladigan bo‘lsak, ular doimo bo‘lishgan, bor va bundan keyin ham bo‘ladi. Meni kechiring-u, lekin men ularni hasadgo‘ylar deb hisoblayman. UzReport-TV kabi kompaniyaning esa hasadgo‘ylari bo‘lishi tabiiy. Bu juda yaxshi. Demak, hasad qilishga arzigulik narsalar bor, demak UzReport-TV o‘syapti va rivojlanyapti. UzReport-TV’da yomon o‘yinlar bo‘lmaydi.

    Foto: “Daryo” / Sergey Kim

    Foto: “Daryo” / Sergey Kim

    Men, to‘g‘risini aytsam, Rossiya terma jamoasi guruhdan chiqmaydi deb o‘ylagandim.

    Aleksandr Yelagin: Men ham shunday deb o‘ylagandim.

    Denis Kazanskiy: Sizning fikringizga qo‘shilaman, ko‘pchilik buni kutmagandi. Jamoa oldiga guruhdan g‘olib bo‘lib chiqish vazifasi qo‘yilgan edi, u buni sharaf bilan uddaladi.

    Endi buyog‘i juda qiziq, jamoa yana nimalarga erisharkin? Rossiya yarim finalda va hattoki finalda o‘ynasa ham hayron bo‘lmayman.

    Aleksandr Yelagin: Bu yerda hayron qolarli joyi yo‘q. Rossiya Ispaniyadan yengilishiga 100% ishonchim komil edi. Chunki, men Rossiya terma jamoasiga qanchalik muxlislik qilmay, shunday obyektiv omillar borki, ular ispanlarning rossiyalik futbolchilardan ancha yuqoriligini ko‘rsatib turadi. Hammasiga ispanlarning o‘zi aybdor. Butun o‘yin davomida Akinfeyevning darvozasi oldida atigi bir marta xavfli vaziyatni yuzaga keltirishdi, xolos. Jarima to‘pi atrofida tentirashdi-tentirashdi, to‘pni qo‘ldan chiqarishmadi, 80% vaqt davomida to‘pga egalik qilishdi. Ajoyib uzatmalar, 1026 ta uzatma. Bu zo‘r, albatta, biroq bundan nima naf? Rossiyaliklar esa tishlarini tishlariga qo‘yib, penaltigacha etib kelishdi. Buni futbol deydilar.

    Denis Kazanskiy: Menga Ispaniya kuchli o‘zgaradigan jamoa bo‘lib tuyulgandi. Masalan, Fransiyani olaylik, guruh ichida juda yomon o‘ynashdi, biroq keyin Argentina bilan bo‘lgan o‘yinda hammasini qoyilmaqom qilishdi. Ispaniya juda yomon o‘ynadi, Rossiya esa mudofaa uchun o‘ynaydigan jamoa sifatida a’lo o‘yin ko‘rsatdi. Shu sababli Xorvatiya bilan ham xuddi shunday bo‘ladi, biroq bu safar o‘yin anchagina shiddatli kechadi. Hech qanday holatda ham Xorvatiyaga bosim o‘tkazmaslik kerak. O‘zini xotirjam tutish kerak. O‘yinning chiroyli o‘tishi bizni umuman qiziqtirmaydi. Bizga natija kerak. Agar bu safar ham o‘n kishi himoyaga tursa va qandaydir qulay vaziyat bo‘lib qolishini kutishsa, bu ish berishi mumkin. Agar xorvatlarning jahlini chiqarsak, oqibati yomon bo‘ladi.

    Kim chempion bo‘ladi?

    Aleksandr Yelagin: Bu Rossiya bo‘lishi ham mumkin! 2004-yilda, trener Otto Rexagel Gretsiya jamoasiga murabbiylik qilganida ham hech kim ularga ishonmagandi. O‘shanda ular hamma ishongan Chexiyani dog‘da qoldirishgan edi. Chexiya jamoa tarkibi zo‘r edi – Poborskiy, Rositskiy, Nedved, Koller, Barosh. Finalda esa greklar turnir egasi bo‘lmish portugallarni yengib, Yevropa chempioni bo‘lishgandi. O‘shanda kim ham Gretsiyani g‘olib bo‘ladi deb o‘ylapti, deysiz?

    Hazilni chetga surib, jiddiy gapiradigan bo‘lsak, bitta da’vogar qoldi.

    Braziliya. Ular qanday shiddat bilan o‘ynayotganlari ko‘rinib turibdi. Belgiyaliklar, mening fikrimcha, inglizlar singari chempion bo‘la olmaydilar. Ularni to‘xtatib qolishadi. Ularning asosiy muammosi – ruhiyatida. Afsuski, ularda g‘alaba an’anasi yo‘q, bu esa g‘alabaga erishish uchun juda muhim. Bu erda birorta yangi gap aytolmayman.

    Asosiy umidlar puchga chiqdi. Germaniya, Ispaniya, Argentina, Portugaliya o‘yindan chiqdi.

    Denis Kazanskiy: Ularning o‘yindan chiqishining sababi turlicha. Germaniyaning guruhdan chiqa olmaganligining sababi – Yoaxim Lyov, u Konfederatsiya kubogidan so‘ng esini yo‘qotib qo‘ydi va bir qancha hayratlanarli qarorlarni qabul qilib, jamoada ko‘p narsalarni ishdan chiqardi. Noyer bir yillik tanaffusdan so‘ng darvozani egalladi. Leroy Sane chempionatga olinmadi. Hattoki, bir yil oldingi tarkibdagi jamoa ham yo‘q hozir.

    Argentinaning yutqazishiga asosiy aybdor ularning treneri Xorxe Sampaoli. Trener bilan Messi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan voqea esa alohida hikoya. Ular yutqazgan jamoa ham anoyi emasdi. Fransuzlar bu chempionatda yarim finalgacha borishlari mumkin deb o‘ylayman.

    Foto: “Daryo” / Sergey Kim

    Foto: “Daryo” / Sergey Kim

    Ravshan Ermatov haqida nimalar deya olasiz?

    Aleksandr Yelagin: Ermatov final o‘yinini boshqarishi kerak. Bu uning uchun uchinchi Jahon Chempionati. Uni UEFA va FIFA hakamlar korpusi rahbarlari Perluiji Kollina va Massimo Buzakkilar ham hurmat qilishadi. Ermatov o‘yinni bexato boshqaradi. Hech bir qoidabuzarlikni o‘tkazib yubormaydi. Balki uning o‘yinni boshqarish tarzi o‘ziga xos, yumshoqroqdir. Buning ustiga u o‘zbekistonlik. Yevropaliklar hakamlik qilolmaydi, chunki so‘nggi ikkita finalga ular hakamlik qilishdi. Ketma-ket uchta finalni boshqarishni evropaliklarga berishmaydi. Demak hakam boshqa mintaqadan bo‘ladi. Janubiy amerikaliklar hakamlik qilishgan. Uning raqibi eronlik hakam Aliriza Fegani. Ularning har ikkalasi ham malakali arbitrlar, Osiyo konfederatsiyasi vakillari va ularning komandalari o‘ynamayapti.

    Ermatov shubhasiz hakamlikka asosiy da’vogar.

    Denis Kazanskiy: U hozircha a’lo natijalarni ko‘rsatyapti. Agar hammasi ko‘ngildagidek bo‘lsa, Ravshan Ermatov final o‘yinini boshqaradi va bu chiroyli o‘yin bo‘lishi aniq. Biz hammamiz o‘tgan safargi chempionatda Ermatovni final o‘yini hakami etib tayinlanishini kutgandik, biroq bunday bo‘lmadi. Endi esa u ko‘rsatgan darajani hisobga olib va chempionat Rossiyada o‘tkazilayotganligidan kelib chiqilsa, menimcha shunday bo‘lishi kerak.

    Ilgari, har bir chempionatda birorta yangilik bo‘lardi. Misol uchun gollandlarning o‘sha “ommaviy futboli”. Bu chempionatda ham yangiliklar bormi?

    Denis Kazanskiy: Albatta, ushbu Jahon Chempionatida biz yangi an’analarga duch kelyapmiz. Yon himoyachilarga juda kam e’tibor berilyapti. O‘tgan galgi chempionatda aksincha unga katta e’tibor qaratilgandi. Klublarda ham. “Real”dagi Marselo va Karvaxalni oling, “Siti”dagi Gvardiola ham xuddi shular jumlasidan. U kelishi bilanoq, ikkita shunday himoyachini sotib oldi va Kayl Uoker aqlbovar qilmaydigan mavsumni o‘tkazdi. Ushbu Jahon Chempionatida biz chekkadagi himoyachilarni ko‘rmayapmiz. Ular bo‘lsa ham, bu har bir jamoa uchun muammoli zona bo‘lib qolmoqda. Biz klub futbollarida ko‘radigan chuqur pleymeyker o‘yinlari ham bu erda o‘tmayapti. Biror bir chuqur o‘yinni ko‘rmadik. Jamoalarda “o‘ninchilarning” boshqalarga ta’siri klub o‘yinlari darajasidan biroz yuqori. Modrich, Pogba, o‘ninchi raqamning yorqin ikki namoyandasi. Belgiyada bunaqasi yo‘q, ularda majburiyatlar Azar va de Bryoyne o‘rtasida taqsimlangan.

    Foto: “Daryo” / Sergey Kim

    Foto: “Daryo” / Sergey Kim

    Yana eng muhim an’analardan biri – standartlar. Burchak to‘plari, penaltilar. VAR video takrorlashlar tizimi. Jahon Chempionatlarida hech qachon buncha ko‘p penalti bo‘lmagandi. Videoyozuvlarni ko‘rgandan so‘ng tayinlanadigan va bekor qilinadigan penaltilardan tashqari yana bir yangi omil paydo bo‘ldi. Endi har bir himoyachi yaxshi biladi: uning hech bir “kishi bilmas” qoidabuzarliklari jazosiz qolmaydi.

    Inglizlar, ispanlar va urugvayliklarning standart holati o‘yinlaridan so‘ng nechta gol urilganligini ko‘rib turibmiz.

    Eng muhimi, biz anderdoglar – o‘yinchilarning tarkibi, tajribasi va mahorati pastroq bo‘lgan jamoalar – mudofaaga o‘ynab turib ustunlikka erishayotganliklarini ko‘ryapmiz. Bunday mudofaani yorib o‘tish esa ancha mushkul vazifa.

    Baxtiyor Nasimov, Daryo.uz sharhlovchisi

     

    04.07.2018, 15:16   Izoh (0)   142292
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Samarqandda mansabdorlar eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 19:10

    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

    Reklama | 2 iyul, 18:00

    “Qattiqqo‘l hokimiyat va urush effekti” — Qirg‘iziston jon boshiga daromad bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘ringa chiqdi

    Markaziy Osiyo | 2 iyul, 18:55

    Serial o‘z vaqtida tugadi: “Kalmar o‘yini” 3-mavsumining kutilmagan, ammo ajoyib tarzda yakunlanishining 5 sababi

    Kino | 2 iyul, 18:40

    Toshkent viloyatida yana 45 ta nuqtada mikro GES quriladi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 18:25

    Germaniyada qidiruvdagi erkak Eron uchun josuslik qilishda ayblanib, hibsga olindi

    Dunyo | 2 iyul, 18:10

    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

    Reklama | 2 iyul, 16:30

    Kastingdan o‘tgan bo‘lsa-da filmda rol ijro etish huquqidan mahrum etilgan aktyorlar

    Kino | 2 iyul, 17:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.