Kecha, 3-iyul sanasida futbol bo‘yicha Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionatining nimchorak final bahslari yakuniga yetdi.
Chorak finalning so‘nggi ikki yo‘llanmasiga esa Shveysariyani taslim etgan Shvetsiya hamda Kolumbiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etgan Angliya terma jamoasi ega chiqdi. Bleacher Report nashri esa nimchorak finalning ramziy terma jamoasini e’lon qildi.
Nimchorak final ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: Kasper Shmeyxel — Daniya.
Himoyachilar: Mario Fernandes, Ilya Kutepov — ikkalasi Rossiya, Jon Stouns, Harri Maguair — ikkalasi Angliya, Diyego Laksalt — Urugvay.
Yarim himoyachilar: Pol Pogba, Ngolo Kante — ikkalasi ham Fransiya.
Hujumchilar: Kilian Mbappe — Fransiya, Edinson Kavani — Urugvay, Neymar — Braziliya.
Izoh (0)