Xitoyda OAVga AQSh prezidenti Donald Trampga nisbatan keskin fikrlar bildirish cheklandi. Shuningdek, Tramp hamda Oq uy ma’muriyati vakillarining savdo urushi yuzasidan aytgan izoh va fikrlarini XXR hukumatining rasmiy bayonotidan oldin e’lon qilish taqiqlandi. Bu haqda China Digital Times xabar berdi.
OAV Amerika yangiliklarini va savdo urushi yuzasidan aytilgan fikrlarni tarqatishi, AQSh yetakchisini “qo‘pol so‘zlar” bilan tanqid qilishi mumkin emas. Shu bilan bir vaqtda uzoq davom etadigan nizolarga tayyor bo‘lish kerakligi qayd etilgan.
Xabar berilishicha, ayni paytda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo nizosi tiyib turishni va harakatlarning o‘ylanganligini ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)