O‘zbekiston fuqarosi Moskva viloyatining Satino-Russkoye qishlog‘ida yashovchi pensioner ayolga tegishli bo‘lgan 300 ming dollarni o‘g‘irlaganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
1953-yilda tug‘ilgan ayol pullarni uyining uchinchi qavatidagi omborxonada, karton qutida saqlagan.
Huquq-tartibot idoralari o‘g‘irlikda ushbu uyda 10 yil davomida turli yumushlarni bajarib yurgan o‘zbekistonlikni gumon qilmoqda.
U hozir Rossiyadan tashqarida ekanligi aytilmoqda. O‘ta yirik miqdordagi o‘g‘irlik yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)