Toshkentga Bolgariya xalq yig‘ini deputati, parlamentdagi “Bolgariya — O‘zbekiston” do‘stlik guruhi raisi Adlen Shukri Shavkat boshchiligidagi delegatsiya keldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Delegatsiya Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar va Turizmni rivojlantirish qo‘mitalarida uchrashuv va muzokaralar olib boradi, Buxoro va Samarqandda bo‘ladi.
Izoh (0)