Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutiga tashrif buyurdi. Bu haqda markaz xodimlari “Daryo”ga xabar bermoqda.
Markaz xodimlari “Bolalar gematologik kasalliklari” bo‘limidagi 25 nafar bemor bolalarning ota-onalari bilan individual-psixologik ishlar olib bordi, bolalarni ruhiyatini ko‘tarish va hayotga nisbatan umidlarini so‘ndirmaslik maqsadida ular bilan suhbatlashib, kayfiyatlarini ko‘tarishga harakat qildi.
Tashrif davomida markaz xodimlari tomonidan bolalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Izoh (0)