• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” surishtiruvi: Farg‘onacha uy “operatsiyasi” yoxud Farg‘ona shahar hokimi muhtoj ayolga bergan uyini nega bir kunda qaytarib oldi?

    Azizaxon Hasanova 11 nafar farzandlari va nabiralari bilan Farg‘ona shahar Abdulla Qodiriy MFY “Lolazor” mahallasidagi 8-“A” uyning 53-xonadonida yashaydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Uch nafar kelinni ikki xonali xonadonda murosaga keltira olmagan A. Hasanova yangi uy so‘rab shahar hokimligiga bir necha bor murojaat qildi. Natijada, joriy yilning 20-iyun kuni shahar hokimining ko‘rsatmasi bilan unga Qirguli mavzesi Yangi asr ko‘chasi 5-“V” uydan order asosida ikki xonali xonadon ajratildi. Dalolatnoma asosida uyni qabul qilib olgan ayol yaxshi niyat bilan tozalash va ta’mirlash ishlariga kirishdi. 25-iyun kuni uy hujjatlarini so‘rab borgan A. Hasanovaga Farg‘ona shahar hokimligining xo‘jalik hisobidagi uy-joy bo‘limi boshlig‘i A. Ikromov tomonidan vaqtinchalik ijozat qog‘ozi berilib, qolgan hujjatlarni tez kunda rasmiylashtirish va’da qilindi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Biroq A. Hasanova yangi uyga ko‘chib kirishga ulgurmadi. Mutasaddilarning va’dalari bajarilmadi, xonadon hujjatlari rasmiylashtirilmadi. Aksincha, shu kunning o‘zida Farg‘ona shahar hokimining topshirig‘i bilan hokimlikning xo‘jalik hisobidagi uy-joy bo‘limi va mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullari tomonidan uy eshigi muhrlandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shahar hokimi nega o‘z fikrini shunchalik tez o‘zgartirdi? A. Hasanova kimning arpasini xom o‘ribdiki, undan uyni o‘sha kunning o‘zida qaytarib olishdi? “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida A. Hasanova bilan uchrashdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    – O‘sha kuni kvartira byurosiga borib yangi uyga order olib kelayotgan edim. Uyimiz oldida ishchi guruhi vakillari va televideniye xodimlariga duch keldim. 8-uyni so‘rashdi, ko‘rsatdim. Shundan keyin hamma qatori meni ham tasvirga olishdi. Kamchiliklarni, muammolarimni aytdim. Televideniye bilan ishchi guruh ketdi. Kimdir tezda hokimga borib, bularni Aziza opa boshlab keldi, degan. Keyin shahar hokimi bilan xo‘jalik hisobidagi uy-joy bo‘limi boshlig‘i Aslbek kelishdi. Uyimga kirib ko‘rishdi. Sharoitingiz yaxshi ekan, deb bergan uylarini olib qo‘yishdi. Sharoitimning nimasi yaxshi, mana ko‘ringlar. Shu uyda 12 kishi yashay oladimi? Bitta kelinim ajrashib ketdi, qolgan ikkitasi ham ota uyiga ketib qolgan. Ko‘chlari qo‘shnilarnikida turibdi. Endi nima qilishim kerak? Kimga murojaat qilay, dardimni kimga aytay? Agar o‘sha kuni ishchi guruh bilan uchrashmaganimda, kameraga tushmaganimda, uyni qaytarib olishmasdi, – deydi A. Hasanova.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Muammo nimadaligi, uy nima uchun shoshilinch tarzda qaytarib olingani oydinlashdi. Shunday bo‘lsa-da, mutasaddilarning munosabatini bilish maqsadida Farg‘ona shahar hokimligining xo‘jalik hisobidagi uy-joy bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari bilan uchrashdik. Nima sababdan A. Hasanovaga berilgan uy muhrlangani bilan qiziqdik.

    – Boshliq aytdi, topshiriq bo‘ldi deb. Pechatlab turinglar, keyinchalik masala oydinlashsin, keyin xabarini beramiz deyishdi. Bo‘ldi, shu bilan pechatlab qo‘ydik. Sababi aytilmadi. Bir kun oldin o‘zimiz borib, ochib bergandik uyni. Endi nima bo‘ladi, bilmayman. Xabarim yo‘q, – deydi uy-joy bo‘limi boshlig‘ining o‘zini tanishtirishni istamagan o‘rinbosari.

    Ma’lumki, Prezident qaroriga muvofiq Farg‘ona viloyatida ham hududlar 4 sektorga bo‘lingan. Sektor rahbarlari zimmasiga o‘zlariga biriktirilgan hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy rivojlantirish, aholi muammolarini o‘rganish va ularga yechim topish kabi vaziflar yuklangan. Afsuski, ayrim sektor rahbarlari buni hanuzgacha tushunib yetmayapti, faoliyatida o‘zgarish qilmayapti. Aholi murojaatlari va muammolariga loqayd munosabatda bo‘lmoqda.

    Shu boisdan, Shavkat Mirziyoyev 12–13-iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida sektorlar rahbarlariga jiddiy e’tiroz bildirdi. Sektorlar faoliyatini tanqidiy tahlil qilish, hududlardagi haqiqiy ahvolni o‘rganish bo‘yicha Hisob palatasiga topshiriq berdi.

    Shundan so‘ng Hisob palatasi ishchi guruhi Farg‘ona shahridagi 4 ta sektor faoliyatini o‘rgandi.

    Farg‘ona shahridagi 20 ta mahalla, xususan, A. Hasanova istiqomat qiladigan Abdulla Qodiriy mahallasi ham shahar hokimi, 1-sektor rahbari Shavkat Erkaboyevga biriktirilgan. Hisob palatasi ishchi guruhi a’zolari mahallalarni o‘rganishdan avval sektor shtabi faoliyati bilan tanishdi, aholi murojaatlari bilan ishlash jarayoni, hujjatlar yuritish tartibi bilan qiziqdi.

    Ma’lum bo‘lishicha, shtabda ishchi guruhning tarkibi va o‘rganish jadvali tasdiqlanmagan, nomenklatura tartibsiz joylashtirilgan. Dalolatnomalarda murojaatlarning ijrosi ta’minlanganligi keltirilmagan. Uyma-uy yurib o‘rganilganini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlarning barchasi umumiy va oldi-qochdi gaplarga asoslangan. Fuqarolarning murojaati natijalari to‘g‘risida hech qanday hujjatlar rasmiylashtirilmagan. Masalan, shtab hisobotida 14-iyun kuni 22 ta xonadon o‘rganilgani aytilgan. Lekin o‘rganishlar bo‘yicha kunlik ma’lumotlar mavjud emas.

    Shundoqqina shtabining yonida, shaharning eng ko‘zga ko‘ringan joyida tashlandiq va xarob holda foydalanilmay yotgan hududning o‘zi ham sektor rahbari qay darajada “samarali” faoliyat olib borayotganini ko‘rsatib turibdi.

    Hokim sektoriga biriktirilgan Qashqarqishloq MFY 103-uyda yashovchi fuqaro Vasiljon Yakubovning muammosi ham mutasaddilar e’tiboridan chetda qolgan. Uy egasining ta’kidlashicha, xonadon 7–8 oy avval yonib ketgan. Uyda yashash uchun umuman sharoit yo‘q. Hovli xarob ahvolda. Vasiljon Yakubovning aytishicha, farzandlari qo‘ni-qo‘shninikida, o‘zi esa tovuqxonada yashayotgan ekan...

    Ishchi guruh Abdulla Qodiriy mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi ahvolni ham o‘rgandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Afsuski, bu yerda uzoq yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolar qalashib yotibdi. Ko‘p qavatli uylardagi vaziyat nihoyatda achinarli. Suv quvurlarining eskirib, yorilib ketishi natijasida yerto‘lalar zaxlab ketgan. Ayrim uy yo‘laklaridagi elektr shitlari ochiq holatda. Tomlarni yopish, yerto‘la va yo‘laklarni ta’mirlash, ichki yo‘llarni asfalt qilish, to‘planib qolgan chiqindilarni belgilangan joylarga olib chiqib ketish ishlari o‘lda-jo‘lda. 8-“A” va 8-“B” uylar oldida bolalar maydonchasi yo‘q.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bular shahar hokimi Shavkatjon Erkaboyev mas’ul sektorda yashovchi aholi muammolarining bir qismi, xolos. Agar mutasaddi rahbarlar muammolarni o‘ziga xos “yo‘l” bilan – ishchi guruhga yoki televideniye muxbirlariga dardini aytib, arz qilgan odamlardan avval bergan uylarini qaytarib olish orqali “hal etaversa”, vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarmaydi. Aksincha, uyma-uy yurib, muammolarni vaqtida bartaraf etganlarida, ahvol bu qadar xunuk tus olmagan bo‘lardi.

    “Daryo” bu mavzuga yana qaytadi.

    02.07.2018, 08:26   Izoh (0)   73686
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yangiqo‘rg‘onda Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tadbirlar velomarafondan boshlanib, bayram konserti bilan yakunlandi

    01.07.2018, 21:36

    Sergelida FVB xodimlari bolalar maydonchasi qurib, foydalanishga topshirdi

    01.07.2018, 21:21

    Toshkentda “Nosirxon” masjidini egallab olishga uringan aka-uka Nosirovlar qo‘lga olindi (video)

    01.07.2018, 20:35

    Toshkent viloyatida erini pichoqlab ketgan xorazmlik ayol qidirilmoqda

    01.07.2018, 18:04

    Jizzaxda ikki Nexia to‘qnashdi. Bir kishi halok bo‘ldi, 2 kishi yaralandi

    01.07.2018, 17:00

    Foto: “Milliy” stadionidagi bayram gala-konserti

    01.07.2018, 16:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    ChatGPT maslahati sababli erkak jinnixonaga tushib qoldi

    Dunyo | 10 avgust, 23:35

    Putin Xerson va Zaporojye viloyatlaridan rus qo‘shinlarini olib chiqmaydi

    Dunyo | 10 avgust, 23:15

    Ilhom Aliyev Rossiyani Ozarbayjon obyektlariga “maqsadli zarba berish”da aybladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:55

    Superliga. “So‘g‘diyona” “Mash’al”dan ustun keldi

    Sport | 10 avgust, 22:35

    Turkiyada 6,1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi (video)

    Dunyo | 10 avgust, 22:34

    NYT: Britaniya yarim yil maxfiy Falastin rejasi ustida ishladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:10

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    Dunyo | 10 avgust, 21:42

    Yangioboddagi sobiq uran konida rekultivatsiya ishlari yakunlandi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 21:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.