Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi Nurobod mahallasida joylashgan dala shiyponida 30-iyun kuni ro‘y bergan o‘zaro oilaviy janjal oqibati ayanchli tugadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Xorazm viloyati, Shovot tumanida ro‘yxatda turuvchi, 1980-yilda tug‘ilgan Baxtigul Bobojonova Chinoz tumanida yashovchi rasmiy nikohsiz turmush o‘rtog‘i N.B.ning qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazadi va voqea joyidan yashirinadi.
Hozirda Baxtigul Bobojonovani ushlash choralari ko‘rilgan.
Uning qayerdaligi haqida ma’lumotga ega bo‘lganlardan ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga xabar berishlari yoki 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘ralgan.
Izoh (0)