Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida 30-iyun kuni bir kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Paxtakor tumanida yashovchi D.U. Nexia rusumli mashinasini tuman hududidan o‘tuvchi “Jizzax—Paxtakor—Gagarin” avtomobil yo‘lining 30-kilometrida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan N.P. boshqaruvidagi Nexia bilan to‘qnashdi.
Natijada D.U. boshqaruvidagi mashinaning ikki nafar yo‘lovchisi va haydovchi N.P. jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Biroq, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay N.P. hayotdan ko‘z yumdi.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)