Zimbabvedagi stadionda ro‘y bergan portlash oqibatida 49 kishi jabrlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Jabrlanganlar soni oshishi kutilmoqda. Ayni paytda yaradorlarga yordam ko‘rsatilmoqda.
Portlash 23-iyun kuni Bulavayo shahridagi White City Stadium stadionida ro‘y berdi. U yerda prezident Emerson Mnangagvaning saylovoldi mitingi o‘tkazilayotgan edi. Portlash prezidentga qarshi suiqasd sifatida baholandi.
Mnangagvaning o‘zi jabrlanmadi, yaradorlar asosan amaldorlar va politsiya xodimlaridan iborat.
Izoh (0)