Zimbabvening Bulavayo shahrida mamlakat rahbariyati ishtirokidagi uchrashuv vaqtida portlash yuz berdi, deya xabar bermoqda Meduza.
Mitingda qatnashayotgan prezident Emmerson Mnangagva jabrlanmagan. Davlat OAVlarining axborotiga ko‘ra, vitse-prezident Kembo Moxadi tan jarohati olgan. Jabrlanuvchilarning aniq soni ma’lum emas.
“Portlash mendan bir necha fut narida yuz berdi, biroq mening vaqti-soatim hali yetganicha yo‘q”, — dedi Emmerson Mnangagva.
23-iyun kuni Efiopiyada ham, mamlakatning yangi bosh vaziri Abiy Ahmadni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan miting vaqtida portlash yuz berib, bir kishi halok bo‘lgan va 150 kishi tan jarohati olgan edi.
Zimbabvening sobiq vitse-prezidenti hisoblangan Emmerson Mnangagva mamlakatni 37 yil boshqargan Robert Mugabe hokimiyatdan chetlatilgach, prezidentga aylangan edi. 30-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlar natijasida Zimbabveda mamlakat prezidenti, shuningdek, parlamentning har ikki palatasi a’zolari saylanishi kerak.
Izoh (0)