Ma’lumki, 21-iyun kuni futbol bo‘yicha Jahon Chempionati “D” guruhi 2-turi doirasida Argentina—Xorvatiya bahsini o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar boshqarib bordi.
O‘sha uchrashuv Ermatov uchun mundial tarixidagi 10-o‘yin bo‘ldi. Hakam bungacha Jahon Chempionatlari final bosqichida 9 ta o‘yinni boshqarib, rekord o‘rnatgandi. Va u o‘z rekordini yangiladi.
Endi esa rekord yana yangilanishda davom etadigan bo‘ldi. FIFA Ermatov va uning jamoasiga “B” guruhi 3-turidan o‘rin olgan Ispaniya—Marokash o‘yinini boshqarib borishni ishonib topshirdi.
Mazkur uchrashuv 25-iyun kuni 23:00 da boshlanadi.
Izoh (0)