22-iyun sanasidan o‘rin olgan futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionatining 2-tur o‘yinlari nihoyasiga yetdi.
Kunning so‘nggi o‘yini “E” guruhi vakillari — Serbiya hamda Shveysariya terma jamoalari o‘rtasida kechdi.
Uchrashuvda hisob Serbiya hujumchisi Aleksandr Mitrovich tomonidan 5-daqiqadayoq ochildi. Birinchi bo‘lim serblarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limning 52-daqiqasida Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Granit Jaka jarima maydonchasi tashqarisida kuchli zarba yo‘llab, serblar darvozasini ishg‘ol qildi.
Uchrashuvning 90-daqiqasiga kelib, katta sahnaga Jerdan Shakiri chiqdi. U gol urib, avvaliga hisobda ortda borgan jamoasining yakunda g‘alaba qozonishini ta’minladi.
Shu tariqa “E” guruhida pley-off masalasi 3-turda hal bo‘ladigan bo‘ldi.
Jahon Chempionati
“E” guruhi, 2-tur bellashuvi
22-iyun, juma
Serbiya—Shveysariya 1:2
Gollar: 1:0 — 5 Aleksandr Mitrovich, 1:1 — 52 Granit Jaka, 1:2 — 90 Jerdan Shakiri.Serbiya: Stoykovich, Ivanovich, Milenkovich, Toshich, Kolarov, Milivoyevich (Radonich, 81), Matich, Tadich, Milinkovich-Savich, Kostich (Lyayich, 65), Mitrovich.
Shveysariya: Zommer, Lixtshtayner, Sher, Akandji, Rodriges, Behrami, Jaka, Shakiri, Jemaili (Embolo, 73), Suber (Drmich, 90), Seferovich (Gavranovich, 46).
Ogohlantirishlar: Milinkovich-Savich (33), Milivoyevich (39), Matich (45), Mitrovich (87), Shakiri (90)
Izoh (0)