Sirdaryo viloyatining shu nomli tumanida 18-iyun kuni fuqaro Z.Q. Nexia rusumli mashinasini “Toshkent — Dushanbe” yo‘lida haydab ketayotib YTH sodir etdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
U shu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Sayxunobod tumanida yashovchi M.H. boshqaruvidagi “GAZ-5312” avtomobilining orqa qismiga borib urildi.
Hodisa oqibatida Nexia yo‘lovchisi A.I. jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh (0)