O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Fransiyaga tashrifining so‘nggi kunida YuNESKO bosh direktori o‘rinbosari Ernesto Ramirez bilan uchrashdi, deb xabar beradi UzDaily.
Uchrashuvda O‘zbekiston va YuNESKO o‘rtasidagi munoabatlarning istiqbollari haqida so‘z yuritildi.
Ernesto Ramirez O‘zbekistonda so‘nggi vaqtda tarixiy-madaniy merosni asrash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi. U, shuningdek, tashkilot yangi loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, milliy mutaxasislarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.
Izoh (0)