FIFA tomonidan o‘tkazilgan so‘rvonomada Islandiya terma jamoasi darvozaboni Hannes Tor Xaldorsson Argentinaga qarshi o‘tgan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.
Xaldorsson Argentinaga qarshi o‘yinning 64-daqiqasida Leo Messining penaltidan yo‘llagan zarbasini qaytarib, jamoasini goldan qutqarib qoldi. Uchrashuv esa tomonlarning 1:1 hisobidag duran natijasi bilan yakunlandi.
Ayni damda “D” guruhining ikkinchi uchrashuvi Xorvatiya hamda Nigeriya terma jamoalari o‘rtasida kechmoqda.
Izoh (0)