Oybek Mirzabekov O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi huzuridagi “O‘zsanoateksport” kompaniyasi boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Ma’lumot uchun, “O‘zsanoateksport” kompaniyasining asosiy vazifalaridan biri — tadbirkorlik subyektlariga o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotning chet ellardagi potensial xaridorlarini izlab topishda ko‘maklashishdir.
Shuningdek, O‘zbekiston korxonalarida eksportga yo‘naltirilgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga xorijiy sheriklarning buyurtmalarini joylashtirish ham kompaniya oldiga qo‘yilgan vazifalardan biridir.
Izoh (0)