Joriy yilning mart oyida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi Edem Chimgan mehmonxonasiga nisbatan JKning 131-moddasi 2-qismi bo‘yicha ochilgan ish jinoyat alomatlari aniqlanmagani sababli tugatildi.
13-mart kuni mehmonxonada erkak va ayollarning ko‘ngilxushlik qilib berishi uchun sharoit yaratib berilayotgani haqidagi xabar kelib tushgach, Toshkent viloyati IIB tezkor tadbir o‘tkazgandi. Mehmonxona rahbariyatiga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona tashkil etish yoki saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Yuqori Chirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan olib borilgan tergov davomida mehmonxona rahbariyatining harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmadi. Shu sababli Yuqori Chirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi 1-may kuni Jinoyat-Protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan ishni tugatdi.
Hozirda mehmonxona majmuasi odatiy tartibda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Izoh (0)