Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yashovchi E.B.ning uyiga noma’lum shaxs kalit tanlash yo‘li bilan kirib, yotoqxonasidan 25 000 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan.
O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, ko‘rilgan choralar natijasida mazkur jinoyatni jabrlanuvchining kelini sodir etganligi aniqlanib, u ushlangan.
Izoh (0)