Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida yashovchi, 1973-yilda tug‘ilgan Q.X. soliq tizimida o‘ziga ishonib topshirilgan mansab vakolatidan moddiy boylik orttirishni rejalashtirdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
U o‘zining yoniga biror joyga ishga kirishida yordam so‘rab kelgan tanishiga bajonidil yordam berishini bildirib, “ozgina xarajati” borligini suhbat orasida eslatib o‘tdi.
2018-yilning 5-iyun kuni Xorazm viloyati IIB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi va viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida o‘zi talab qilgan 1000 dollarni olayotgan Q.X. jinoyat ustida ushlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) va 28-211-moddasi 1-qismi (pora berishga dalolatchilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)