“O‘zbekiston temir yo‘llari” yil oxirigacha ichki yo‘nalishlar uchun chiptalar narxini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniyadagi manbaga tayanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Ayni paytda tariflarni oshirish masalasi Moliya vazirligi vakillari bilan muhokama qilinmoqda.
Oddiy poyezdlar uchun chipta qiymati 5-10, “Afrosiyob” poyezdlari uchun esa 10-15 foiz qimmatlashishi ko‘zda tutilgan.
“Hozir aniq raqamlar haqida bir narsa deyish qiyin, sababi yangi tariflarni muhokamadan o‘tkazish va ishlab chiqish jarayoni ketmoqda”, deya ta’kidladi manba.
Izoh (0)