Qirg‘iziston O‘zbekistonga elektr energiyasini eksport qilishni boshladi. Bu haqda, “Elektrstansiyalar” OAJ matbuot xizmatiga tayanib, Sputnik xabar berdi.
Yozgi ta’minotni davom ettirish bo‘yicha kelishuv Qirg‘izistonning suv va energetika resurslaridan oqilona foydalanish uchun yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari doirasida erishilgan.
“‘Elektrstansiyalar’ OAJ (Qirg‘iziston) hamda ‘O‘zbekenergo’ AJ (O‘zbekiston) o‘rtasidagi kelishuvda elektr energiyasini O‘zbekistonga 2018-yilning 8-iyunidan boshlab eksport qilish va uni 2018-yilning avgustiga cho‘zish qayd etilgan. Jami har bir kilovatt uchun 2 AQSh senti hisobida 500 million kilovatt/soat elektr energiyasi eksport qilinadi”, — deyiladi xabarda.
To‘xtagul suv omboridagi 2018-yilga rejalashtirilgan suv miqdori tovarlarni eksport qilish imkonini beradi, yetkazib berish hajmi tomonlarning texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tuziladi.
Izoh (0)