2014-yilning 4-dekabrida Toshkent viloyati Bekobod shahar sudi tomonidan qilgan jinoyati uchun sudlanib, 8 yil va 3 oyga ozodlikdan mahrum bo‘lgan Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidan yashagan A.R. jazosi yengillashish imkoniyatiga ega bo‘lgandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
A.R. kechirimli bo‘lish tamoyiliga asoslangan siyosat sharofati tufayli 2018-yilning 21-fevral kuni Chirchiq shahar sudining ajrimi bilan qolgan 4 yil va 11 oy jazo muddatini o‘tash uchun dastlab manzil koloniyasiga o‘tkazilib, keyinroq Buxoro viloyati IIBga qarashli jazoni ijro etish muassasasiga yuborildi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan A.R. jamiyatda o‘z o‘rnini topib olishi va ijtimoiy ahvolini yaxshilab olishi uchun Kogon tumanidagi “Korona” xususiy korxonasiga ishga joylashtiriladi. Ammo A.R. berilgan imkoniyatdan ko‘z yumib, Buxoro viloyati Chag‘dara qishlog‘ida yashovchi Z.Z.ning uyiga bostirib kirib, undan pul va zargarlik buyumlarini talab qilib, pichoq bilan tanasining bir necha joyiga jarohat yetkazadi.
O‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda, o‘ylagan maqsadini amalga oshira olmagan A.R. Z.Z.ning uyidan hech narsa ololmay voqea joyidan g‘oyib bo‘ladi. Jabrlanuvchi Z.Z. esa yetkazilgan jarohatlar sabab kasalxonaga yotqiziladi.
Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlari natijasida A.R. ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Izoh (0)