5-iyun kuni ilk bor O‘zbekiston mevasi Xitoyning Pekin shahriga yetkazib berildi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, xitoylik ekspertlar O‘zbekistonga tashrif buyurib mevaning biologik toza organik mahsulot ekaniga ishonch hosil qilishgan edi. O‘zaro kelishuvlar natijasida O‘zbekiston tomoni bilan 80 ming AQSh dollari miqdorida shartnoma imzolangan.
Kuni kecha mevaning shartnomada belgilangan 16 tonnadan birinchi qismi - 5 tonnasi eksport qilindi. Gilos mevasi Xitoyning Pekin, Guanchjou, Shanxay, Sindao va Chunsin provinsiyalariga yetkaziladi.
“Yaqin kunlarda Xitoyning yirik kompaniyalari tomonidan O‘zbekistondan ko‘plab ho‘l mevalarni sotib olish bo‘yicha katta miqdordagi shartnomalar imzolanishi kutilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)