• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Meni bir chimdib ko‘ring. Uxlamayapmanmi?!”. Hukumat amaldorlari va biznesmenlarning “galstuksiz” suhbati

    Foto: Hikmat Abdurahmonov/ Davron Azizov

    Foto: Hikmat Abdurahmonov/ Davron Azizov

    Bir qator muvaffaqiyatli kompaniyalar ta’sischisi Hikmat Abdurahmonov iftordan oldin “Meni bir chimdib ko‘ring, tush emasmi bu?! Biz rostdan ham bosh vazir o‘rinbosari bilan shunchalar oson muloqot qilamizmi?”,—deydi.

    Bu tush emas edi. Bir dasturxon atrofida galstuksiz va hatto pidjaklarsiz taniqli biznesmen va Toshkent shahar hokimiyati Jamoatchilik kengashi raisi Hikmat Abdurahmonov, “Korzinka.uz” tarmog‘i rahbari Zafar Hoshimov, developer Murod Nazarov, biznes-konsultant Bahodir Fozilxo‘jayev, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori Durbek Ahmedov, Huawei kompaniyasi departamentining direktori Davron Azizov, mazkur satrlar muallifi Baxtiyor Nasimov hamda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov, Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Temur Ishmetov, iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev, moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ahadbek Xaydarov to‘plandi.

    Tan olishim kerak, bu kutilmagan, biroq mantiqan to‘g‘ri uchrashuv bo‘ldi.

    Kutilmagan jihati shundaki, men bosh vaziri o‘rinbosari kabi davlat amaldorlari ishtirok etgan norasmiy iftorda birinchi bor taklif etilganim.

    Mantiqan to‘g‘riligi esa, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning siyosiy jasorati imkonsiz bo‘lib tuyulgan ko‘plab narsalarni haqiqatga aylantirganida. Erkin konvertatsiya, qo‘shnilar bilan chegarani ochish. Mansabida abadiy qoladigandek tuyulgan siyosiy va iqtisodiy amaldorlarning katta sahnadan ketishi.

    O‘tgan yili xalq bilan muloqot orqali e’lon qilingan ochiqlik — bir yillik kampaniya emas edi, u asta-sekin jamiyatning ajralmas qismiga aylandi.

    Kecha bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov bilan biznesmenlarning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Qo‘chqorov makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliyaviy va bank tizimini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish kompleksini boshqaradi.

    Barchasi haqida gaplashildi. Aniqrog‘i, bu uch yarim soat davom etgan ochiq va xotirjam suhbat edi.

    Iftorlikda o‘z so‘zini bildirgan insonlar hamda uchrashuv mavzusi va natijasi haqida yozishdan oldin, bir necha soat keyinroq miyamga kelgan fikr bilan bo‘lishsam.

    Bo‘lib o‘tgan suhbat, munozara va muhokamalardan keyin bosh vazir o‘rinbosari hamda uchta birinchi o‘rinbosarlarga — moliya vaziri, iqtisodiyot vaziri va Markaziy bank raisi o‘rinbosarlariga qarab O‘zbekiston Prezidenti haqiqatda islohotchilar guruhiga ega ekanligiga amin bo‘ldim. Ular mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga butunlay hushyor, oqilona va amaliy tarzda yondasha oladi.

    Uchrashuvda ishtirok etgan amaldorlar real islohotlar va g‘oyalarni qadrlashi, bojxona va soliq qonunchiligini tubdan o‘zgartirish lozimligini, davlatning xo‘jalik yurutuvchi xususiy banklar, tashkilot va biznesmenlar ishiga aralashmasligi ahamiyatini tushunib turardi.

    Foto: Baxtiyor Nasimov

    Foto: Baxtiyor Nasimov
    Tadbirkorlikni rivojlantirish masalasida yutuqlarga erishish uchun bir qator makro va mikro muammolarni hal etish zarur. Ba’zan hatto nimadan boshlash kerak deb miyang achib ketadi. Morgan Frimen va Jek Nikolson ishtirokidagi The Bucket List filmini ko‘rganmisizlar? Men ham 2020-yilning 1-yanvariga qadar hal etilishi lozim bo‘lgan 20 ta eng muhim muammoning ro‘yxatini tuzishni taklif etaman. Biroq, bizda lapanglab yurish uchun buncha vaqt yo‘q, deb o‘ylayman.

    Kelinglar, 2019-yilning 1-yanvariga qadar amalga oshirish lozim bo‘lgan 19 ta eng og‘riqli va muhim masalalar ro‘yxatini tuzamiz. O‘rtaga tashlaymiz.

    Hozirning o‘zida o‘nlab muammolarni keltirib o‘tdik: yerga xususiy egalik qilish; soliq va bojxona islohoti; davlat-xususiy sektor hamkorligi; iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish; biznes-assotsiatsiyalarni yaratish; savdo-sotiq; bank tizimi; kreditlar va naqd pullar; ishchilarni “soya”dan chiqarish va shu turdagi boshqa masalalar.

    Bir oy vaqtimiz ketsada, birgalikda 19 ta og‘riqli masalani aniqlab olsak, yakdil fikrga kelsak va ustuvor vazifalarni hal etish bo‘yicha harakatlar rejasini tuzib olsak. Shunda bir maqsaddan boshqasi tomon harakatlangan bo‘lamiz.

    Jamshid Qo‘chqorov, bosh vazir o‘rinbosari

    Foto: Baxtiyor Nasimov

    Foto: Baxtiyor Nasimov
    Men uchun asosiy mavzulardan biri yangi soliq islohotining muhokamasi bo‘ldi. Suhbatdoshlarimiz taklif etilgan chora-tadbirlarni to‘liq va chuqur tushunganligi, past stavkalarga qaramay davlat budjetini saqlab qolish borasida xavotiri ko‘rinib tursada, uni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklari ma’lum bo‘ldi.

    Ushbu xavotirni to‘liq tushungan holda, ayrim o‘tish bosqichlarida, bozorning asosiy qismini soyadan chiqishi soliqqa tortiladigan bazaning tez o‘sishiga, bu esa o‘z navbatida stavkalarning pasayishi oqibatida yuzaga kelgan yo‘qotishlarni qoplash imkonini berishi borasidagi fikrimni tushuntirishga harakat qildim.

    Zafar Hoshimov, “Korzinka.uz” tarmog‘i rahbari

    Hikmat Abdurahmonov:

    —Yarim yillar oldin Jamshid Anvarovich bilan Xalqaro press klubda suhbatlashish va uning teran fikrlarini baholash imkoniyatiga ega bo‘lganman. Ammo tan olib aytamanki, hokimiyatning biznesdan yiroq bo‘lishi an’anaga aylangan mamlakatimizda buning iloji borligini o‘ylamagan edim. Uchrashuv shu qadar do‘stona va norasmiy muhitda bo‘lib o‘tdiki, hatto vaqt qanday o‘tganini sezmay ham qolibman.

    Bahodir Fozilxo‘jayev:

    — Ochig‘i, biz hammamiz (biznes hamjamiyat vakillari) faqat tasanno dedik. Aytishim mumkin-ki, ba’zi bir holatlar bo‘yicha hali ko‘p gaplashib, bir-birimizni tushunishimiz kerakligini, ba’zi birlari bo‘yicha esa davlat tizimidagi tayyorlanayotgan loyihalar bizni kutganimizdan ham ortiq ekanligini anglab yetdik. Albatta, bu bizni quvontirdi.

    Yakunda Hikmat Abdurahmonov aytganidek: “Mamlakatda tadbirkorlik va hukumat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning sifatli yangi darajasi — aynan ushbu uchrashuvdan boshlanadi”.

    Baxtiyor Nasimov, “Daryo” sharhlovchisi

    07.06.2018, 12:48   Izoh (0)   78559
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati qanchaga ko‘tarilishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 12:10

    Rossiyada Mudofaa vazirligining yuqori martabali rasmiysi 6 yilga qamaldi

    Dunyo | 20 iyul, 11:40

    Navoiyni zararli tutun qopladi (video)

    O‘zbekiston | 20 iyul, 11:10

    Dastin Porye faoliyatidagi so‘nggi jangida Maks Holloueyga yutqazdi

    UFC | 20 iyul, 10:30

    Saudiya Arabistonining “uyqudagi shahzoda”si vafot etdi

    Dunyo | 20 iyul, 10:30

    Messi penaltisiz urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldudan o‘zib ketdi

    Futbol | 20 iyul, 10:04

    Oleksandr Usik Daniel Dyuboani beshinchi raundda nokautga uchratdi

    Boks | 20 iyul, 09:55

    Uzoq tanaffusdan keyin ringga qaytgan Pakyao chempionlik kamariga ega chiqa olmadi

    Boks | 20 iyul, 09:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.