• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +43°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bir shikoyat izidan: Nog‘oraxonadan gap chiqdi

    O‘zAga Samarqand viloyati Narpay tumani Nog‘oraxona mahallasida yashovchi fuqaro Shoira Suyarovadan shikoyat ariza kelib tushdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Unda yozilishicha, Shoira Suyarova hamda uning turmush o‘rtog‘i Jamshid Suyarov o‘zlari yashab turgan mahalla hududida sun’iy qoplamali mini-futbol maydoni va sport majmuasi qurish uchun tuman hokimligiga murojaat qilgan. Murojaat qanoatlantirilib, 2014-yil 8-mayda Narpay tumani hokimining qarori bilan Oqtosh shahri “Nog‘oraxona” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan tuman hokimligi zaxira yerlari hisobidan 0,2125 gektar yer maydoni ajratib beriladi. Tadbirkor bu yerda o‘z mablag‘i hisobidan sun’iy qoplamali mini-futbol maydoni qurib, 2016-yilda ishga tushiradi. Stadion yonida qolgan maydonda tadbirkor yopiq sport majmuasi qurishni rejalashtiradi va shu maqsadda qo‘shimcha yer maydoni ajratilishini so‘rab, tuman hokimligiga murojaat qiladi.

    Ammo so‘ralayotgan yer 2018-yil 31-mart kuni tuman hokimining qarori bilan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binolari qurish uchun “Qoraqir chorvasi” fermer xo‘jaligiga ajratib beriladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    “Biz ikki yildan buyon ushbu yer maydonini bizga yopiq sport majmuasi qurish uchun ajratib berishini so‘rab hokimlikka bir necha bor murojaat qildik. Hatto, joriy yil 8-yanvar kuni tuman hokimiga yozgan arizamda o‘zimizning mini-futbol maydonimiz yonidan sport zali bilan birga, maishiy xizmat ko‘rsatish binosi qurishga ham rozi bo‘lib, 4 sotix yer so‘radim. Ammo arizamga Narpay tuman arxitektura va qurilish bo‘limi boshlig‘i, bosh arxitektor I.Mardonov imzosi bilan kelgan xatda ‘O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-oktabrdagi 285-sonli qarori bilan 2016-yil 1-yanvardan boshlab yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida doimiy foydalanishga yer maydoni 1 gektargacha va 1 gektar bo‘lgan yer uchastkalari faqat tanlov asosida beriladi. Ushbu qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 35-bandiga asosan tanlovda qatnashish uchun ‘Ko‘chmas mulk savdo xizmati’ MChJning hududiy filialiga yer uchastkasi olish uchun murojaat qilishingizni ma’lum qilamiz’, deb javob berildi. Lekin biz so‘rayotgan yer uchun hech qanday tanlov o‘tkazilmadi-ku?! Tanlovsiz beriladigan yer ekan-ku! Nega bizga noto‘g‘ri ma’lumot berishdi”, – deydi Shoira Suyarova.

    Narpay tumani hokimligi qurilish bo‘yicha bosh mutaxassisi N.Po‘latov esa Shoira Suyarovaning bu savoliga javoban “arizachiga bu haqda tushuntirganmiz”, deyish bilan cheklandi.

    “16-may kuni bir guruh faollar bilan Nog‘oraxona mahallasiga borib, Jamshid Suyarov va Shoira Suyarova hamda ‘Qoraqir chorvasi’ fermer xo‘jaligi rahbari Q.Boymurodov bilan uchrashdik. Ushbu yer maydoni uchun qaror qabul qilingani, endi tortishish, arizabozlikdan foyda yo‘qligini tushuntirdik. Hududda maishiy xizmat kompleksi qurilsa, mahalla ahliga xizmat qilishi, bir necha kishi ish bilan ta’minlanishini aytdik”, – deydi Narpay tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Rahmonov.

    “Nog‘oraxona” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi A.Abdullayevning aytishicha, mahalla ahli hududda yopiq sport zali bo‘lishini istaydi. Biroq aholining ko‘pchiligi maishiy xizmat majmuasi qurilishi tarafdori ekan. Chunki, fermer xo‘jaligi maishiy xizmat majmuasining ikkinchi qavatida tikuvchilik sexi ochib, 20 kishini ish bilan ta’minlashni rejalashtirgan. Ayniqsa, bu yerda o‘tgan yil qurilgan har biri 16 xonadondan iborat ikkita ko‘p qavatli uyda yashovchilarning ko‘pchiligi ishsiz, ehtiyojmand oilalar hisoblanadi.

    Shoira Suyarova esa mahallada sport majmuasi qurishni so‘rab yozilgan arizaga hududda yashovchi 50 ga yaqin kishi imzo qo‘yganini aytib, yer uchun qaror qabul qilishda mahalla ahlining fikri inobatga olinmaganini bayon etdi.

    “Aslida, mahallaning o‘zida, tuman doirasida hal bo‘ladigan masalaning bu qadar chigallashib ketishi, turli idoralarga murojaatlar ko‘payishi bizning nazarimizda ikki tomonning ham bir-birini tushunmagani, muammo hokimlik, tadbirkorlar va mahalla ahli ishtirokida ochiq-oydin muhokama etib hal etilmagani bilan bog‘liq.

    Negaki, Jamshid Suyarov va Shoira Suyarova sun’iy qoplamali futbol-maydoni yonida o‘z tasarrufidagi yer maydonida kichikroq bo‘lsa-da, yopiq sport majmuasi – sport zali qurishi mumkin. Tadbirkor hozir ham bu ishni bajarishga tayyor. Lekin ularning aytishicha, shu paytgacha bu haqda na hokimlik va na boshqa mutasaddi idora tushuntirgan.

    Hokimlik vakillari, faollar tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydoni uchun qaror chiqishidan oldin tadbirkorlarni murosaga chaqirishi, mahalla ahli bilan uchrashib, ularning fikrini eshitishi mumkin edi-ku!? Balki shunda Nog‘oraxonadan bunaqa gap-so‘zlar chiqmasmidi”, — deyiladi xabarda.

    07.06.2018, 11:35   Izoh (0)   25449
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha reytingda yuqoriladi

    07.06.2018, 11:13

    O‘zbekistonda joriy yil 1-iyulgacha Innovatsion rivojlanish strategiyasi ishlab chiqiladi

    07.06.2018, 11:09

    Toshkent metrosining foto va video olishga ruxsat berilganidan keyingi suratlari: “Chilonzor” yo‘li (“Daryo” fotoreportaji)

    07.06.2018, 11:04

    Alisher Navoiy asari Rossiya imperatori va Eron shohi o‘rtasidagi urushning oldini olgan

    07.06.2018, 10:29

    O‘zbekiston OTMlari nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha kvota bo‘yicha qabul qiladi

    07.06.2018, 10:21

    O‘zbekistonda ilk kobeyjing plastik kartalari 1-iyuldan chiqariladi

    07.06.2018, 10:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda gepatitni aniqlash maqsadida skriningdan o‘tkazilganlar soni ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 16:20

    Isroil gumanitar yordam olish uchun ketayotgan 36 nafar g‘azolikni o‘ldirdi

    Dunyo | 20 iyul, 15:47

    “Barselona” Markus Reshford borasida “Manchester Yunayted” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 20 iyul, 14:35

    Vengriya rahbari Yevropa Ittifoqining Ukraina uchun 100 mlrd yevrolik byudjetini bloklash bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 iyul, 14:10

    O‘zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlik sodir etganlar psixokorreksiyadan o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 13:40

    “Bosqinni hech qachon tan olmang”. Ozarbayjon prezidenti Ukraina yaxlitligini tiklash bo‘yicha tavsiyalar berdi

    Dunyo | 20 iyul, 13:10

    Ukraina Avstraliyadan Abrams tanklarining dastlabki partiyasini oldi

    Dunyo | 20 iyul, 12:40

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati qanchaga ko‘tarilishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 12:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.