2018-yil 3-iyun kuni Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida ayol kishining bo‘yniga o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazilgan hamda ikki qo‘li bog‘langan jasadi topildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
O‘rganishlar natijasida uning Boyovut tumanida yashagan 24 yoshli M.N. ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur ish yuzasidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida ushbu jinoyatni Boyovut tumanida yashovchi “Do‘stlik” MFY kotibi G‘.Q. sodir etganligi aniqlandi. U qo‘lga olindi.
Izoh (0)