Eron atom energiyasi tashkiloti Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE)ga Tehron uranni boyitish bo‘yicha korxonalarni ko‘paytirishni boshlashi haqida maktub yuboradi. Bu haqda Eron atom energiyasi tashkiloti vakili Behruz Kamolvandiy ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
“MAGATEga topshiriladigan xatda Eron UF6 (uran geksaftoridi) ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘paytirish seshanba (5-iyun) kuni boshlanishini ma’lum qiladi”, — dedi u.
Uning ta’kidlashicha, bunda gap uranni boyitish uchun ishlatiladigan sentrifugalarni ishlab chiqarishni tezlashtirish haqida bormoqda.
Izoh (0)