Belarusda mahalliy fuqaro paraplanda uchayotib halokatga uchradi va yerga qulashda yelkasidan jiddiy jarohat oldi, deb yozadi “Naviny.by”.
Ma’lum bo‘lishicha, erkakning yelkasini yog‘och xoda teshib o‘tgan. Facebook’da jarblanuvchining suratlari paydo bo‘ldi, ularning ba’zilari uning o‘zi tomonidan ham olingan.
Kasalxonaga yetkazilgan erkak operatsiya qilinib, tanasidan yog‘och bo‘lagi olib tashlangan. Uning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.
Izoh (0)