Kecha, 3-iyun sanasida bir nechta milliy terma jamoalar o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazdi.
Jumladan, JCh—2018 ga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan Neymar boshchiligidagi Braziliya termasi Xorvatiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. O‘yin pentakampeonlarning 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Gollarga jarohatidan tuzalib, safga qaytgan Neymar, hamda “Liverpul”da yaxshi mavsumni o‘tkazgan Roberto Firmino mualliflik qildi.
Mundialning favoritlaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan Ispaniya esa Shveysariyaga qarshi kurash olib bordi. 29-daqiqada Alvaro Odriosoloning goli ispanlarning g‘alaba qozonishi uchun yetarli bo‘lmadi. Shveysariya 62-daqiqada David de Xeaning xatosidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi. 1:1 durang natijasi o‘yin so‘ngiga qadar o‘zgarmay qoldi.
O‘rtoqlik uchrashuvlari
3-iyun, yakshanba
Braziliya — Xorvatiya 2:0
Gollar: 1:0 — 69 Neymar, 2:0 — 90 Firmino.Kosta-Rika — Shimoliy Irlandiya 3:0
Gollar: 1:0 — 30 Venegas, 2:0 — 46 Kempbell, 3:0 — 66 Kalvo.Saudiya Arabistoni — Peru 0:3
Gollar: 0:1 – 20 Karrilo, 0:2 – 41 Gerrero, 0:3 – 64 Gerrero.Ispaniya — Shveysariya 1:1
Gollar: 1:0 — 29 Odriosola, 1:1 — 62 Rodriges.
Izoh (0)