Toshkentda dasturlash bo‘yicha /wincode chempionati bo‘lib o‘tadi, deb yozadi Spot.
Chempionat saralash va final bosqichlaridan iborat bo‘lib, “Jamoaviy veb-ishlanmalar” va “Biznes vazifalarni yechishda 1C freymvorkidan foydalanish” yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.
Final 24 soatli dasturlash marafoni formatida bo‘lib o‘tadi, u 12-sentabrda boshlanib, 13-sentabr — Dasturchilar kunida yakunlanadi.
Musobaqada hamma — istalgan yoshdagi professionallar ham, havaskorlar ham qatnashishi mumkin. Yosh ishlab chiquvchilarga maxsus mukofotlar beriladi.
Ariza topshirish uchun saralash bosqichi topshirig‘ini bajarish kerak. Qoidalar bilan chempionat saytida batafsil tanishish mumkin.
Izoh (0)