Misr ekologiya vazirligi kuzatuvlar tarixida birinchi marta Qizil dengizning Akaba bo‘g‘ozi hududida ko‘k kitning paydo bo‘lganini qayd etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Qizil dengiz mazkur sutemizuvchining odatiy yashash joyi hisoblanmaydi. Mutaxassislar kitni Qizil dengizga nima olib kelganini aniqlashga harakat qilmoqda.
Ekologlarning ta’kidlashicha, kitning Misr qirg‘oqlari yaqinida paydo bo‘lishi xavf tug‘dirmaydi, biroq unga juda yaqin borish kerak emas. Bu tur yirtqich emas va odamga hujum qilmaydi, biroq unga yaqinlashishdan saqlangan ma’qul.
Vazirlik tomonidan aniqlik kiritilishicha, gap uzunligi 24 metrga yetishi mumkin bo‘lgan tur haqida ketmoqda.
Izoh (0)